Yangiliklar

Siz O’zbekiston tarixini, xususan, sohibqur’on Amir Temur tarixini bilasizmi?

Siz O’zbekiston tarixini, xususan, sohibqur’on Amir Temur tarixini bilasizmi?

El dardiga darmon boʻlmoq-buyuk va savobli vazifadir.

Amir Temur

Jahon tarixiga nazar tashlasak qaysiki, xalq oʻzligini, milliy qadrIytlarini tarixini qadrlab, yoshlar ongiga singdirishga jiddiy e’tibor bermasa, bu holat ma’lum bir murakkab tarixiy davrlarda fojiali oqibatlarga olib kelganligini kuzatishimiz mumkin. Masalan, jahon sivilizatsiyasini beshigi hisoblangan SHarq mamlakatlari XIX,XX asrlarda yuqoridagi sabablarga koʻra (Yaponiyadan tashqari)Yevropa mamlakatlarining mustamlaka yoki yarim mustamlakalariga aylanishdi. Zero, yuqorida ta’kidlab oʻtilgan jihatlar eng avvalo, har bir davlat, millatning oʻz tarixiga boʻlgan e’tibori, Vatan tarixini keng xalq ommasiga ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish davlat siyosati darajasida boʻlgandagina amalga oshishi mumkin.  Masalan, yapon xalqi Gʻarbiy Yevropaning mustamlakachi davlatlari  butun osiyo qit’asini oʻzlarini mustamlakalariga yoki yarim mustamlakalariga aylantirgan davrda ham oʻz tarixi, an’analariga boʻlgan sadoqat, milliy gʻoyaga davlat siyosati darajasida e’tibor berilganligi, Gʻarbiy Yevropa fan, texnika yutuqlaridan foydalanib,uni milliy qadriyatlari bilan mahoratli uygʻunlashtirganligi uchun  oʻz milliy mustaqilligini toʻla saqlab qolishdi. Zero, Birinchi Prezident I. A. Karimov takidlaganidek, “Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari, matematika, fizika, kimyo, sanoat, menejment – bularning hammasi kerak albatta. Lekin, avvalambor tarixni bilish – bu hayotiy zarurat”

Darhaqiqat, mustaqil Oʻzbekistonda istiqlol yillarida Vatan tarixiga boʻlgan e’tibor davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. 1998-yilning iyun oyida Birinchi Prezidentimiz bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashib ular oldiga Vatan tarixini har qanday mafkuraviy bosimlardan xoli, avvallari foydalanilmagan eng yangi manbalar asosida oʻrganish, tadqiq etish vazifasini qoʻydi. Vatan tarixini oʻrta asrlar davri jumladan, sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davri tarixini xolisona chuqur ilmiy izlanishlar olib borish orqali tarixiy haqiqatni yuzaga chiqarish zarurligini, zero, Amir Temur shaxsi va ushbu davr tarixi yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy gʻoya ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidladi.Ma’lumki, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tashabbusi bilan Vatan tarixiga jumladan oʻzbek davlatchiligi har tomonlama yuksalgan Amir Temur davri tarixiga katta e’tibor berilmoqda. Prezident SH.M.Mirziyoev tavsiyasi bilan tashkil etilib, 2019-yilning                             1-sentabridan faoliyat koʻrsatayotgan “Oʻzbekiston tarixi” kanalida tariximizning dolzarb mavzulari,xususan, Amir Temur davri tarixiga oid koʻrsatuvlar namoyish etilmoqda. Prezident SH.M.Mirziyoev oʻzining saylovoldi uchrashuvlari doirasidagi sohibqiron Amir Temur toʻgʻilib oʻsgan makon Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan boʻlgan uchrashuvida Qashqadaryoning shonli tarixi haqida gap ketganda, hech shubhasiz, avvalo, milliy davlatchiligimiz,gʻurur-iftixorimiz timsoli boʻlgan, buyuk sohibqiron Amir Temur bobomizni yodga olishligimiz, mustaqillik yillarida buyuk ajdodimizni xotirasini tiklash borasida katta ishlar amalga oshirilganligini,мbu ezgu ishlar bundan keyin ham davom ettirilishini ta’kidlaganligi,mamlakatimizda Amir Temur va Temuriylar qoldirgan moddiy va ma’naviy meros har doim e’tiborda ekanligini koʻrsatadi. Jumladan, sohibqiron Amir Temurni davlatni boshqarish uslubi, “kuch adolatda” shioriga amal qilib yashaganligi bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. I. A. Karimov bu xususida shunday degan edi: “Shaxsan men “Temur tuzuklari” ni har gal oʻqir ekanman, xuddiki oʻzimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek boʻlaman. Oʻz ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma’naviyati uchun bugun ham oziq boʻladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga koʻp bor ishonch hosil qilganman. Masalan, “Tajribamda koʻrilgankim, azim qat’iy, tadbirkor, xushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir” degan soʻzlar bugungi kunda ham ma’naviy jihatdan naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon.”

Bugungi tezkor va shiddat bilan oʻzgrarib borayogtgan zamon xalqimiz orasidan yana shonli tariximizdagidek,oʻz davrida butun dunyoni hayratga solgan allomalar,iqtidorli sarkardalaretishib chiqish zaruratini yuzaga keltirmoda.Zero, “oqqan daryo-oqaveradi”deganlaridek,turkiy xalqlarni,xususan,ona-zaminimiz boʻlgan koʻhna Turon farzandlarini qadimdan harb ilmiga qiziqishi,iqtidori yuqori boʻlganligiga tarix guvohlik beradi.Jumladan,Podsho Rossiyasi mustamlakachilari ma’muriyati vakili Girs tomonidan turkistonlik mahalliy erkak aholini imperiya armiysiga safarbar etmaslik, haqidagi takifi shubhasiz, tasodif boʻlmagan. U turkiy xalqlar tarixini xususan, jahondagi mashhur sarkardalar orasida nufuzli oʻringa ega boʻlgan sohibqiron bobomiz Amir Temur tarixini bilgan.Ular harb ilmiga azaldan ragʻbati boʻlgan bu xalqni vaqti-soati kelganda oʻzlari bergan qurolni oʻzlariga qarshi qoʻllashi mumkinligi,mustamlakachilar uchun qanchalik fojiali oqibatlarga olib kelishligini anglagan. Ma’lumki, tarix fanini, xususan,Vatan tarixini chuqur oʻrganish,tahlil qilish, yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini kamol toptirishda oʻta muhim ahamiyatga ega.SHuning uchun ham, har bir xalq oʻz tarixidagi ma’lum bir davrda,ma’lum bir yoʻnalishda (masalan, harbiy sohada) jahon tarixida oʻchmas iz qoldirgan mashur shaxslarini(hatto, u xalqlaraga kulfat va vayronagarchilik keltirgan boʻlsa ham) hayot yoʻlini,tarixini doimiy ravishda yoshlarga ibrat sifatida oʻqitishadi,targʻib etishadi.Masalan,oʻz davrida sobiq shoʻrolar davlatidan keyin ikkinchi boʻlib, “kommunizm”barpo etishni boshlagan Mugʻuliston davlatida ham aqidaparafst kommunistik mafkurani yakka hukmronligi barham topgach, davlat    barqarorligi va taraqqiyoti uchun milliy gʻoyani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni,naqadar muhim ekanligini anglab, jahon tarixida  biron-bir jabhada ijobiy,bunyodkorlik ishlarini olib bormagan,millionlab odamlarni qirgʻin qilish hisobiga zoʻravonlik bilan ulkan imperiya(saltanat)ga asos slogan,ma’naviyat va taraqqiyot kushandasi boʻlgan CHingizxon va uning davri tarixi bugungi yoshlariga ibrat sifatida oʻqitilib, butun mamlakat boʻylab,ushbu insonni haykallari oʻrnatildi. CHingizxon shaxsi haqida fikr yuritishimizga sabab,mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar,buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temurni ,sobiq kommunistik va shovinistik mafkurani yakka hukmronligi ta’sirida qisman harbiy sarkardalik salohiyatidan boshqa biron-bir fazilatini taqqoslab boʻlmaydigan CHingizxon bilan bir qatorga qoʻyish,uning davomchisi sigatida talqin etish, hatto, etnik kelib chiqishini mugʻullarga bogʻlash hollari kuzatildi.Sohibqironni Amir Temur Kuragoniy nomlanishini esa, ildizi turkiylashgan  mugʻullarga taqaluvchi(aslida allaqachon etnik turkiylashgan,turkiy tilda soʻzlashuvchi islom dinini qabul qilganganlarni etnik mugʻul deb atash, mutloqo notoʻri, agar shunday boʻlsa,yaxshilab tahlil qilinsa,hozir Rossiyalik yoki Yevropaliklar oʻz millatini faxri sifatida gʻururlanib yuradigan mashhur kishilarining aksariyatini etnik kelib chiqishida boshqa xalqlarni ham ta’siri bor,a mmo, ular bu haqida hech qachon yozishmaydi, gapirishmaydi) Saroymulkxonim (Bibixonim) ga uylanganligi, goʻyoki mugʻullarga “koʻragon” kuyov boʻlganligiga urgʻu berishgan va berishmoqda(“koʻragon”soʻzi mugʻulcha soʻz boʻlib,kuyov degan ma’noni anglatadi). Aksariyat manbaalarda,masalan,mashhur sharqshunos Herman Vamberi asarlarida Amir Temur turkiy barlos urugʻini “koʻrkam” (koʻragon) tarmogʻiga mansub ekanligi qayd etiladi va bizningcha ushbu fikr toʻgʻri hisoblanadi. Amir Temurni etnik kelib chiqishi masalasiga kelsak,birinchidan, yuqorida ta’kidlaganimizdek, Amir Temur mugʻul emas,  turkiy barlos urugʻiga mansub, ikkinchidan, agar u mugʻul boʻlsa, “Biz kim mulki Turon,amiri Turkistonmiz, millatlarning eng buyugi turkning bosh bugʻinimiz”degan soʻzlarni aytib,oʻzini turkiy xalq farzandi ekanligi bilan faxrlanmas,aksincha, CHingizxon naslini davomchisi ekanligi bilan faxrlangan boʻlar edi. Bundan tashqari, 1370-yilda Balxda boʻlib oʻtgan qurultoyda Amir Temurning doʻstu-dushmanlari ishtirok etishib, Amir Temur qadimgi turkiy odatga koʻra taxtga oʻtqaziladi.Sohibqironning piri (ma’naviy ustozi) Mir Sayid Baraka duoyi-fotiha qilgandan keyin,u Mavarounnahrning amiri deb,e’lon qilinadi.Nima uchun oʻz davlati poytaxti etib,Keshni(hozirgi SHahrisabz boʻlib, dastlab ushbu shaharni poytaxt qilish rejasi ham boʻlgan)emas, Samarqandni tanlaganligiga kelsak,ushbu shaharni nafaqat qulay tabiy-geografik sharoiti,balkim, sohibqiron Samarqandni (Afrosiyobni-turkiy Alp Er Toʻngʻa)qadim Turon poytaxti boʻlganligini bilganligi,Turon hukmdori sifatida ushu an’anaga rioya qilish istagi ham sabablardan biri boʻlgan,deyishimiz,mumkin. CHunki,sohibqironni tarix ilmini chuqur bilganligi manbaalarda qayd etiladi. Amir Temur amaliy jihatdan foydasi tegadigan har qanday ilm,gʻoya,manbaani qadrlagan va oʻz faoliyatida ulardan oʻziga moslashtirgan holda foydalangan. Amir Temur hokimiytni toʻliq oʻz qoʻliga olgach,juda holdan toygan mamlakatda qonun va tartib joriy etdi.SHuningdek,milliy gʻoya bilan birgalikda,islom dini gʻoyasi,maʻnaviyati takomiliga ham alohida e’tibor qaratdi.Masalan,tasavvuf ta’limotini taniqli namoyandalaridan boʻlgan Ahmad Yassaviyga atab Turkiston shahrida maqbara barpo ettirganligi buni yorqin dalilidir.U islom diniga muxlis boʻlish bilan birga,CHingiz nizomlarini ham hurmat qilar edi. Bu qonunlarni qadim Turonni,turkiy xalqlarning ijtimoiy va siyosiy holatiga mufofiqlashtirish oson boʻlganligi, Temurga ma’qul edi.Temurning “Ysoq”qa (CHingizxon tomonidan tuzilgan nizom) ragʻbati hamda uni musulmon ruhoniylaridan himoya qilish sababi ham shu edi. U boshqaruv va harbiy ishda aksari CHingizxon davridagi udumlardan foydalansada, (Amir Temurni CHingizxonni davomchisi va etnik jihatdan mugʻulga bogʻlovchilar,masalani chuqur tahlil qilmasdan,bir tomonlama, ya’ni yuqoridagi fikrimizni boʻrttirishgan. CHunki, ular shunday boʻlishidan manfaatdor edi) soliq solish qoidasi Qur’on ta’limotiga muvofiq, saroy boshqarish tizimi aksari, saljuqiylar va xorazmshohlar tartibiga asoslangan edi.Masalan, beklarbegi va amirul umaro mansablari shular jumlasidan boʻlib, bu hozirgi “Generalissumus”ga toʻgʻri keladi. SHuni ta’kidlash lozimki, Amir Temur aksari ba’zi sarkardalardan farq qilib, qoʻshinni jangga oʻzi boshlab borib, oʻzi ham mardlarcha jang qilgan.Masalan,vatanimizning ajralmas qismi boʻlgan Xorazm hududini qoʻshib olish uchun oiib borgan janglarida Xorazm hukmdori boʻlib kelayotgan Chin Soʻfi sohibqironni sinash uchun goʻyoki, koʻpchilikni qoni toʻkilmasligi maqsadida Amir Temurni yakkama-yakka jangga chorlaydi. Manbaalarda ta’kidlanishicha, sohibqironni safdoshi Sayfiddin barlos unga qimmatli hayotini tahlikaga solmaslikni tavsiya qilsada,u jang maydoniga birinchi boʻlib keladi va juda qattiq tovush bilan dushmanini chaqiradi. Lekin, Yusuf Soʻfi kelmaydi,qoʻrquv va xavf tufayli oʻz taklifidan voz kechadi, umumiy harbni talab qiladi. Ushbu ma’lumot sohibqironni naqadar mard va matonatli inson ekanligini isbotlovchi dalillardan biridir.   

Sohibqiron Amir Temurni jahon tarixidagi boshqa jahongirlaridan farq qiluvchi eng muhim jihatlariga umri davomida adolat tamoyillariga amal qilganligi, mamlakat obodonchiligi, xalq farovonligiga alohida e’tibor qilganligidir. Mavjud manbalar yuqoridagi fikrlarimizni toʻliq tasdiqlaydi.

Samarqandda Amir Temur davrida qurilgan har bir memoriy obida, poydevoridan tortib to gumbazning uchigacha, koshinlaridan tortib eshiklarigacha yagona tugal va mukammal goʻzal qiyofaga ega. Shuningdek, bu davrda qurilgan koʻpgina saroylarning devorlariga keng koʻlamda monumental rang tasvirlar ham ishlangan. Ularda Amir Temurning Hindiston, Eron, Dashti Qipchiqqa qilgan zafarli yurishlari, elchilarni qabul marosimlari olimu ulamolar bilan suhbatlari, toʻy sahnalari oʻta mohirlik bilan eks ettirilgan.

Ispaniya elchisi Klavixo ushbu davrda Samarqand bozorlarida bugʻdoy va guruchning moʻlligi, arzonligi haqida gapirib, shahar hunarmandchiligi mahsulotlari ham qayd etiladi. “Bu yerning boyligi faqat yemakliklarning moʻlligida emas, balki oʻzida koʻplab ishlab chiqariladigan ipak matolar, kimxob har xil ip va jun toʻqima mollar moʻynali va ipakli poʻstinliklar, zarxal va lojuvardlar hamda mollarning serobligidadir.”

Amir Temurning xazinani boshqarishdagi tartiboti shundan iboratki, u xazinadagi birinchi jamgʻarma fondini saqalab qolgan holda ikkinchi fondning shakllanishi va sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirgan. Har ikkala fonddagi mablagʻlar harakati yozib borilar edi. Bundan tashqari, ikkinchi fond xarajatlariga mablagʻlar berish vazirlar zimmasiga yuklatildi, har bir vazir oʻziga topshirilgan daromad va xarajatlar ustidan nazorat olib boradigan boʻlgan.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Amir Temurning moliya siyosati ham davlatning iqtisodiy qudratini, oʻz navbatida harbiy qudratining kuchayishiga xizmat qilgan.

Shuni takidlash lozimki, Amir Temurning harbiy san’ati Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrlarida puxta oʻrganilgan. Masalan, Chor Rossiyasi armiyasi zobiti M. Ivanin Amir Temur va Chingizxon harbiy san’ati haqida asar yozgan.

Kezi kelganda shuni ham ta’kidlab oʻtish lozimki, buyuk ajdodimiz sohibqiron Amir Temurning harbiy san’ati nafaqat chor Rossiyasining bosqinchi zobitlari tomonidan, balki bolsheviklar tomonidan ham chuqur oʻrganilgan.           1918-yilda tashkil etilgan “Qizil komissarlar” kurslarida Amir Temurning harbiy san’ati alohida oʻrganilgan. Shu tufayli mazkur kurslarda ta’lim olgan Mixail Frunze, Arkadiy Gaydar kabi sarkardalar sohibqiron Temur shaxsini juda hurmatlaganlar va toʻngʻich oʻgʻillariga Temur deb nom qoʻyganlar.

Ma’lumki, 1996-yil mamlakatimizda “Amir Temur” yili deb nomlanib BMT ning fan, madaniyat, ta’lim masalalari boʻyicha ixtisoslashgan kengashi YuNECKO hamkorligida jahon miqyosida koʻplab tadbirlar oʻtkazildi. YuNECKO ning 1987-1999-yillarda bosh direktori lavozimida ishlagan Fedariko Mayor Amir Temur haqida shunday fikrlarni bildirgan edi. “Amir Temurning Samqarqanddagi saroyida boʻlgan Ispaniya elchisi Rui Gonsalis de Klavixoning esdaliklarini oʻqir ekanman, Markaziy Osiyo XIV asr madaniyatini me’moriy boyliklarini, she’riyat nafosatini, texnik va ilmiy topqirligini, ushbu madaniyatga afsonaviy jahongir Amir Temurning ta’siri va hokozolarini kashf qildim.

Xulosa shuki, boy tarixiy oʻtmishiga ega boʻlgan oʻzbek xalqi, oʻzbek davlatchiligi sohibqiron Amir Temur davrida har tomonlama yuksalib, jahon tarixida, jahon madaniyatida oʻchmas iz qoldirdi. Amir Temur vorislari hisoblangan mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi bugungi murakkab va shiddatli davrda muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev  rahnamoligida har jabhada keng koʻlamli islohotlar orqali taraqqiy etib bormoqda. Amir Temur ma’naviyati, davlat boshqarish san’ati, hayot yoʻli, oʻgitlari, ruhiyati mamlakatimizning yuksak marralarni zabt etishga ruhlantirishda yoshlarni milliy gʻoya, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.Mustaqil Oʻzbekistonning XXI asrda jahonning ilgʻor va yetakchi davlatlar qatorida boʻlishini ta’minlashga qodir va qobil izdoshlarga ehtiyoji kun sayin ortib bormoqda. Ular Ona-Vatan Oʻzbekistonni har tomonlama rivojlantirishga qodir, uning manfaatlarini har jihatdan himoya qila oladigan salohiyatga ega boʻlishlari lozim.Buning uchun ular nafaqat tabiy fanlarni balki,ijtimoiy fanlarni, jumladan, Vatan tarixini chuqur bilishlari lozim.Davlat va jamiyat tomonidan, Buyuk Amir Temurning hayoti va faoliyatini,har qanday mushkul siyosiy, harbiy, diplomatik vaziyatlardan chiqib keta olish mahorati, mardligi, jasorati, vatanparvarligi,temir irodaviy xususiyatlarini avlodlar uchun ibrat Vatanga xizmat qilish namunasi sifatida targʻib qilinishi lozim.

 

TOYIROV ALISHER ERGASHEVICH, 

SamVMI, DOTSENTI, OʻZMTDP faoli.