Yangiliklar

E’lon

E’lon

Hurmatli talabalar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2019 yil 7 noyabrdagi 25445-xh-sonli topshiriq xati bilan yuborilgan “2019-2020 o’quv yilida institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish maqsadida “Ma’rifatli yoshlar-yurt ko’zgusi” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o’tkazish bo’yicha “Yo’l xaritasi” ijrosini ta’minlash yuzasidan Yoshlar va talabalar bilan ishlash bo’limi va Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti hamkorlikda bir qator loyihalarni tashkil etib kelmoqda.

Demak yana yangi loyihalar;

1. "Men shu aziz Vatan farzandiman" shiori ostida ijtimoiy video va audioroliklar hamda fotolar tanlovi.

2. "Mening yurtim - mening faxrim" ijodiy ishlar tanlovi. (rasm, plakat, maqola, insho, she’r)

Sizning ijod namunalaringiz institut boshlang’ich tashkilotining telegram kanali @samvmi_bt_info orqali yoritiladi.

 Murojaat uchun:

 @Norjigitov_Raximjon

 @Toshbekov_Islomjon

Ushbu tanlovlarda g’oliblar #like ovozlar yig’ish orqali aniqlanadi. Tanlovlarda faol ishtirok yetganlar va g’olib hamda sovrindor bo’lganlar karantin yakunlangandan so’ng Yoshlar va talabalar bilan ishlash bo’limi va Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti tomonidan faxriy yorliqlar, darajali diplomlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi!