Xabar-Institut yangiliklari

image description

“Dunyo bo’ylab sayoxat”

2020 yil 17- fevralda  2-sonli talabalar turar joyida  “Dunyo bo’ylab sayoxat” mavzusida “O’zbek tili, adabiyoti va xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan  talabalar uchun tadbir tashkil etildi.  Ushbu tadbirni kirish so’zi bilan kafedra mudiri D.Yunusova ochib berdi, rus tili fani  o’qituvchisi K.Mirfayziyeva dunyo xalqlari xayotiga oid qiziqarli ma’lumotlar o’qib eshittirdi, rus tili fani o’qituvchisi  I.Xaydarova tomonidan berilgan qiziqarli savollarga yotoqxonada yashovchi qizlardan Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 212-guruh talabasi  M.Jumayeva , Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat havfsizligi fakulteti 206-guruh talabasi I.Ismoilova, Zooinjeneriya fakulteti 101-guruh talabasi Q.Boboyevalar aniq javob berishdi. Tadbir qiziqarli bo’lib o’tdi. 

 

 

 

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz