Xabar-Institut yangiliklari

image description

"Men saylovga tayyorman"

"Veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigiyena" kafedrasi professor o'qituvchilari tomonidan 2- son TTJ da "Biz saylovga tayyormiz" shiori ostidagi davra suhbati bo'lib o'tdi.
Bu suhbatda tushuntirish ishlarini "Veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigiyena" kafedrasi Katta o'qituvchisi B Nuriddinov olib bordi va bu tadbirda qatnashgan "Veterinariya diagnostikasi va oziq- ovqat xavfsizligi" fakulteti dekan o'rinbosari Nishonov Dilshod, "Biotexnologiya va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi" fakulteti dekan o'rinbosari Nurniyozov Adxam o'qtuvchilarimiz ham o'z mulohazalarini bildirib o'tishdi.
Bu tadbirning mohiyati shundan iboratki, 2019- yil 22-dekabr O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi "Deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari" saylov kuni deb belgilangani aytib o'tildi. 
Tadbirda taraqqiyotning yangi, demokratik bosqichiga qadam qo'ygan O'zbekistonda yangi parlament va yangi mahalliy kengashlarni saylash uchun yangicha ruhdagi saylovlar kompaniyasi boshlanayotgani alohida ta'kidlab o'tildi.
Bo'lajak saylovlar mamlakatimizni rivojlantirishning beshta muhim ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida o'z ifodasini topgan ilg'or demokratik g'oyalarning amaldagi yana bir yorqin ifodasi bo'ladi.
Jamiyatimiz hayotidan ko'p partiyaviylik, siyosiy plyuralizm, fikrlar rang- barangligi, ochiqlik va oshkoralik, bag'rikenglik tamoyillari tobora mustahkam va keng o'rin olmoqda.
Bu tadbir qiziqarli va muzokorali bo'lib o'tdi va talaba yoshlarni qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

 

 

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz