Xabar-Institut yangiliklari

image description

"Samarqand" kuniga bag’ishlangan sayyor dars mashg’ulotlari o’tkazildi

 Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Gumanitar fanlar,jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi o’qituvchisi Quchqorov Javlon tomonidan 18-oktyabr Samarqand kuni munosabati bilan Zooinjeriya fakulteti 3-bosqich 309-guruh talabalari bilan sayyor dars mashg’ulotlari o’tkazildi.
Sayyor dars davomida Samarqand shahrining diqqatga sazovor va tarixiy joylariga sayohat uyushtirildi. Go’ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasiga bo’lgan sayohat davomida ushbu tarixiy joylar haqida talabalarga batafsil ma’lumot berildi.Ma’lumot o’rnida 1996 yildan boshlab har yilning 18 oktyabr sanasi yurtimizda “Samarqand kuni” sifatida keng nishonlanib kelinadi.2007 yilda esa yurtimizda va butun jahonda Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlangan.

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz