Xabar-Institut yangiliklari

image description

ASALARIChILIKKA INNOVASION TEXNOLOGIYaLAR JORIY ETILMOQDA

Bugun  Samarqand  Veterinariya  medisinasi  institutida   Asalarichilik  sohasiga   innovasion  texnologiyalarni joriy etish  mavzusiga   bag’ishlangan  o’quv  seminari  bo’lib  o’tdi.  Seminarda   Germaniyaning “LLC compani”   MChJ  rahbari  V.Koxx  ishtirok  etib,   ishtirokchilarga   “Asalarilarni  sun’iy  urug’lantirish”   mavzusida   ma’ruza  o’qidi.
“LLC compani”   asalarichilik bilan  shug’ullanuvchi  Germaniyadagi  yetakchi  kompaniyalardan  biridir.
Horijlik  mutaxassisning  e’tirof etishicha, Markaziy  Osiyo  davlatlarida,  qolaversa mamlakatimizda  qishloq xo’jaligining  asalarichilik yo’nalishida ayrim  innovasion texnologiyalar  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa,  bugun  asalarilarni sun’iy  urug’lantirish  texnologiyasiga alohida  e’tibor  qaratilmoqda. Yevropada,  shuningdek,  Germaniyada   ular  100  foiz sun’iy  urchitiladi. Ob-havo  va  iqlim  o’zgarishlaridan  qat’iy  nazar, bu texnologiya  natijasida  asal olish  imkoniyati  bir necha barobar ortadi, ya’ni mahsuldorlik oshadi. Sifati ham halqaro standart  talablariga  javob bera  oladi.  
Mamlakatimizda esa, ular tabiiy yo’l bilan urug’lantirilgani bois, mahsuldorlik  ko’rsatkichlari ancha past ekanligi qayd etiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 16 oktyabrdagi “Respublikamizda asalarichilik sohasini  yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga binoan, mamlakatimizda Asalarichilik uyushmalari tashkil etilib,  Samarqand Veterinariya medisinasi  institutining  Zooinjeneriya fakultetida shu yo’nalishdagi bo’lim tashkil etilgan edi. Ayni kunda bo’limda 70 nafarga yaqin talabalar  soha sirlarini o’rganishmoqda.  
Bundan tashqari, mamlakatimizning Toshkent va Farg’ona   viloyatlaridagi Oliy ta’lim  muassasalarida  Asalarichilik  yo’nalishi bo’yicha  mutaxassislar  tayyorlanadi. 
O’quv seminari ishida institut rektori,  professor  X.Yunusov,  ilmiy ishlar bo’yicha prorektor, professor A.Daminov  hamda  Viloyat Asalarichilik uyushmasi raisi X.Rashidovlar, shuningdek ta’lim muassasasi sohaga oid professor-o’qituvchilar, talabalar va uyushma a’zolari  ishtirok etishdi.  

 

 

 

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz