Xabar-Institut yangiliklari

image description

Ichki turizm

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "Ichki turizmni rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida" gi   07.02.2018 yildagi  PQ-3514- sonli buyrug'iga asosan,  hamda hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosini hamda tabiiy boyliklari bilan tanishish maqsadida,    13. 09 .2019 kuni Biotexnologiya,  chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti,  Biotexnologiya yònalishi, 201-202-guruh talaba yoshlari  ichki turizmni  rivojlantirish maqsadida   Q.X.F.D Xadjayeva N,  fakultet assistenti Ergasheva X boshchiligida  Samarqandning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishdi. 
Shu  jumladan
Al - Buxoriy ziyoratgohi, 
Registon  ansambili,
Hazrati Xizr, 
Go'ri Amir, 
Shoxi Zinda,
Xo'ja Doniyor maqbarasi
ziyoratgohlarida bo'lib,   ustozlaridan o'zlari bilmagan savollarga yetarlicha javoblar olishdi.
O'ylaymizki, bu  ziyorat  talabalarimiz uchun ma'naviy ozuqa  bo'lib xizmat  qiladi.
Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti matbuot va axborot xizmati:
Hazratqulova Dilfuza
Foto lavhalar

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz