Xabar-Institut yangiliklari

image description

"DEKAN KUBOGI" barchaning e'tiborida va bizning e'tirofimizda

Muxtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhum tashabbus ijrosini taminlash maqsadida instititda ko'plab amaliy ishlar bajarilmoqda. Xuddi shunday ishlarning mantiqiy davomi sifatida ikkinchi muhum tashabbus ya'ni "Yoshlarni jismoniya chiniqtirish ularning sport sohasida qobilyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish"ga yo'naltirilgan bo'lib, ushbu tashabbusni  amaliy ifodasini  Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti misolida ko'rish mumkin. Fakultetda mana ikkinchi haftadirki millionlar o'yini futbol bo'yicha musobaqalar tashkil etib kelinmoqda. Musobaqa "Dekan kubogi" maqomi ostida fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Sh.Abdullayev boshchiligida tashkillashtirilmoqda. Bugun ushbu musobaqaning yakuni final  bellashuvi bo'lib o'tdi. Unda bungacha barcha raqiblarini mag'lub etgan 402-guruh va 202-guruh talabalari jamoasi o'zaro bellashdilar. Uchrashuvning asosiy vaqtida jangovar durrang 2-2 hisobi qayd etildi. Musobaqa nizomiga ko'ra g'olib lotareyalar bahsi penaltilar seriyasida aniqlandi. Ushbu penaltilar bahsida tajriba o'z so'zini aytdi va omad 402-guruhga kulib boqdi, hisob 1:0. Musobaqa yakunida g'olib va sovrindor jamoalarga fakultet "Dekan kubogi"ni va 1-2 darajali  medallarini hamda qimmatbaho sovg'alarni shaxsan fakultet dekani X.B.Niyazov tantanali ravishda topshirdi.  Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoalarga minnatdorchilik bildiramiz 

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti matbuot kotibi: Z.Aliboyev

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz