Xabar-Institut yangiliklari

image description

Bir jamoa - bir maqsad

O'zbekiston Respublikasi Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish Davlat Qo'mitasi 
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti 
Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusdan ikkinchi tashabbus - Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilish maqsadida "Bir jamoa - bir maqsad" shiori ostida sportning futbol turi bo'yicha Zooinjeneriya fakulteti kubogi O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi O.Isakov va fakultetning tashabbuskor yoshlari boshchiligida tashkil etildi.

Ushbu sport musobaqasida fakultetning I-II-III-IV kurslardan guruhlar kesimida futbol jamoalari hamda o'qituvchilar jamoasi ishtirok etishdi.

Musobaqaning barcha natijalari va o'yindagi lavhalar @ZooinjeneriyaFA telegram kanalida yoritilib borildi.

Musobaqa natijalariga ko'ra:

I-o'rin 208-guruh

II-o'rin 304-guruh

III-o'rin 405-guruh 

Bundan tashqari musobaqada munosib ishtirok etib, o'zini qobiliyatini namoyon qilgan futbol jamoalarining quyidagi a'zolari e'lon qilingan nominatsiyalar bo'yicha taqdirlanishdi:

"Eng yaxshi hujumchi" 405-guruh futbol jamoasi a'zosi Sunnatillayev Rustamjon, "Eng yaxshi darvozabon" 208-guruh futbol jamoasi a'zosi Qalandarov Shahriyor, "Eng irodali jamoa" 204-guruh jamoasi, "Eng yaxshi futbolchi" 208-guruh futbol jamoasi a'zosi Rejabboyev Hamroqul munosib deb topildi.

G'olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Toshbekov Islom

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz