Yangiliklar

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida "Xalqaro talabalar kuni" o'zgacha nishonlandi.

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida

Talabalik inson hayotining eng ajoyib va bir umir esdan chiqmaydigan davri xisoblanadi. Talabalik oltin davrim deb bekorga aytilmagan. Bu aytilgan gaplarni talabalikni boshidan o'tkazganlar bilishadi. Samarqand veterinariya meditsinasi institutida "Xalqaro talabalar kuni" har yilgidan o'zgacha tarzda nishonlandi. Dastlab Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Daminov Asadillo Suvonovich va Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor Gapparov Alibek Qarshiboyevichlar so'zga chiqib bayram bilan barchani qizg'in tabrikladi hamda faol va iqtidorli talabalarga faxriy yorliqlar topshirishdi.

Shundan so'ng O'zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi Talaba yoshlar va volantyorlar bilan ishlash bo'limi bosh mutaxassisi Tursinboyev Jahongir va institut boshlang'ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi Norjigitov Raximjon bir guruh faollarga ittifoq ko'krak nishonini topshirishdi.

Shundan so'ng bayram dasturiga navbat berildi va davomidan barchaga kulgu ulashish maqsadida Quvnoqlar va zukkolar ko'rik-tanloviga ulanib ketdi. Ushbu bellashuvda "Komediy-vet", "Dekanat", "Aktiv" va "Intellegent" jami to'rtta jamoalar o'zaro kuch sinashdi. Har bir shart bo'yicha jamoalar o'z chiqishlarini betakror hazillari bilan namoyish etishdi. Bellashuv yakuni bo'yicha "Komediy-vet" va "Dekanat" jamoalari 3-chi, "Aktiv" jamoasi 2-chi, "Itellegent" jamoasi 1-chi o'rinni egalladi. Bayram tadbiri va kulgu bellashuvi barchaga birday manzur bo'ldi. Tadbir yakunida jamoalar va ishtirokchilar institut boshlang'ich tashkiloti tomonidan diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Fursatdan foydalanib barchani "Xalqaro talabalar kuni" bilan tabriklaymiz.

Institut Matbuot xizmati