Yangiliklar

Ogohlik-davr talabi!!!!!!

Ogohlik-davr talabi!!!!!!

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining katta faollar zalida "Kuz,Qish faslida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarni oldini olish" mavzusida ochiq seminar tashkillashtirildi.

Bu seminar treningni ochib berish uchun Yoshlar masalalari bilan ishlash bo'yicha prorektor A.Gapparov so'zga chiqdi.Hamda Viloyat Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasidan tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirib o'tdilar.

Tashrif buyurgan mehmonlarimiz talabalarga o'z chiqishlarini namoyon etdilar. Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi mayori A.T.Abdunabiyev favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi katta letenant M.Turdiqulov hamda FVART markazi mutaxassisi M.Axmatovlar tashrif buyurishdilar. 

Bunaqangi seminarlarni tashkil etishdan maqsad aholi salomatligini oldini olish yong'in xavfsizligi hamda is gazidan zaharlanish ulardan zararlangan ko'pgina fuqarolar hayotdan ko'z yumayotlangliklari haqida gapirib o'tdilar. 

Fuqarolarning ozgina loqaytliklari tufayli yuzaga keladigan noxush holatlarni oldini olish maqsadida viloyatimizda favqulotda vaziyatlar bosh boshqarmasi tomonidan zarur chora tadbirlar tashkillashtirilmoqda.Joylarda xavfsizlik qoidalari hamda gaz svetlardan to'g'ri hamda unumli foydalanish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda talabalar yotoqxonasi hamda uylarida tekshiruv ishlari olib borilib ularning nechog'lik xavf xatardan xoliliklari nazorat ostiga olinmoqda. Aziz fuqarolar sizning ozgina loqatytligingiz sabab o'zingiz balki oila a'zolaringiz aziyat chekishi mumkin..

Ogohlik-davr talabi!!!!

Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti matbuot kotibasi:

Toshniyozova Malika