Yangiliklar

Ota-onalar bilan uchrashuv

Ota-onalar bilan uchrashuv

21.09.2019 Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti 1- bosqich talabalari ota-onalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Biotexnologiya, chorvachlik maxsulotlarini qayta ishlash fakulteti dekani Qishloq xojaligi fanlari doktori dotsent A.A. Elmurodov , Chorvachlik va Òsimlik maxsulotlarini saqlash, qayta ishlash texnologiyasi kafedra mudiri Kimyo fanlari nomzodi,Dotsent Ishniyazova Shohista Ashurovna va 1- bosqich guruh rahbarlari ishtrok etishdi.

Yig'ilishdan ko'zlangan maqsad, talabalarni darsga o'z vaqtida kelishi, institut ichki tartib qoidalari bilan to'liq tanishtirish, darsdan bo'sh vaqtlarida o'z mutaxassisliklari fanlari bo'yicha har xil to'garaklarga qatnashishlari va chet tillarini mukammal o'rganishlari tayinlandi.

Bundan tashqari òz mutaxasisligini va chet tillarini yaxshi òzlashtirgan talabalarga chet davlatlarda amaliyot òtash uchun yòllanma berish tòģrisida tushuntirishlar berildi. Yoshlarimni xozirgi zamon ruhida tarbiyalash, zamonaviy texnalogiyalar bilan ta'mirlangan yorug' va shinam dargohda, professor o'qituvchilardan taxsil olayotganlari aytib o'tildi.Zero endilikda bu yoshlar vatanni umidli vakillari sifatida qaralmog'i lozimligi, ularga barcha imkoniyatlar eshigi ochiqlig'i vazifalarning bosh g'oyasiga aylanmog'i qatnashchilarning diqqat markazida bo'ldi.

Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti axborot va matbuot xizmati:

Hazratqulova Dilfuza.