Yangiliklar

Buxoro shahrida "Zakovat" intellekul o'yinlari respublika ochiq turniri bo'lib o'tdi

Buxoro shahrida

O'zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti bilan hamkorlikda institutining "Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport " kafedrasi o'qituvchisi Shaxzod Axmedov boshchiligida institutimizning "SamVMI" jamoasi Buxoro shahrida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yinlarining Respublika ochiq turnirida ishtirok etishdi.

 
 
 

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus" ijrosini ta'minlash maqsadida bo'lib o'tgan "Zakovat" intellektual o'yini Buxoro shahridagi O'zbekiston YI Buxoro viloyati kengashi "Yoshlar markazi" binosida yuqori saviyada tashkil etildi. Samarqand, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy viloyati va Toshkent shahridan 20 dan ziyod jamoalar ishtirok etishdi. Unda institutimizning "SamVMI" jamoasi munosib ishtirok etib, bor bilim va salohiyatini namoyish etdi. Yakuniy natijalarga ko'ra kuchli jamoalar qatorida e'tirof etildi. Talabalar musobaqa mobaynida Ko'hna Buxoroyi sharifning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilib qaytishdi.

 

Yosh va ilmga chanqoq talabalarimizni munosib ishtiroklari bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda bundanda yuqori marralarni egallashlarini tilab qolamiz!

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti matbuot xizmati

Mustafaqulova Feruza

@veterinariyameditsinasi