Yangiliklar

"Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin".

O'zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti tomonidan "Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin" aksiyasi tashkil etilib joriy yilning 13 dekabr kuni shahrimizdagi "Viloyat bolalar uyi"da tarbiyalanayotgan nogironligi bor bolalar va 10-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olindi. 

O'zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti yetakchisi R.Norjigitov boshchiligida Zooinjeneriya fakulteti 105-guruh talabalari sahnalshtirgan chiqishlar, Qorbobo va Qorqiz tomonidan berilgan bayram sovg'alari Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalarda zo'r qiziqish va iliq taasurot uyg'otdi.

Bolalarni qanchalik xursand bo'lganligini ularni xush kayfiyatidan sezilib turardi. Talabalarimiz ko'ngli o'ksik bolalarga mehr berishdi. Ular bilan birgalikda bir zumga yoshliklariga qaytishib turli o'yinlar o'ynashdi.

Iqtidorli talabalarimizga va ushbu tadbirda birgalikda ishtirok etgan Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o'qituvchisi N.Narziyevaga institut boshlang'ich tashkiloti nomidan qizg'in minnatdorchilik bildiramiz.

 

Dilmurodova Go'zal

Yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti Matbuot kotibi: