Yangiliklar

"Samarqand Markaziy kulgu" ligasining yarim final bellashuvi bo'lib o'tdi. "MAROQAND" finalga chiqdi!

Barcha kulgu ixlosmandlarining diqqat e'tibori 15 yanvar kuni Yoshlar Markazining katta faollar zaliga qaratildi. Chunki O'zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilayotgan "Samarqand Markaziy kulgu" ligasining yarim final bellashuvi bo'lib o'tdi.

 

 

 

 Qizg'in va betakror hazillarga bo'y tarzda bo'lib o'tgan ushbu bellashuvda Samarqand Davlat chet tillar institutining "Tarjimon", Samarqand iqtisodiyot va servis institutining "O'zbegim", "Imron ART" MCHJ "Yog'du", hamda institutimizning "Maroqand" jamoalari ishtirok etishdi. 

Ushbu bellashuvda "Maroqand" jamoasi institut sharafini munosib tarzda himoya qildi. Ushbu guruhdan "Maroqand" va "Tarjimon" jamoalari final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Ushbu ajoyib natija bilan jamoamiz a'zolarini tabriklaymiz va final bellashuvida ham institut sharafini munosib tarzda himoya qilishlariga tilakdoshmiz.

 Dilfuza Hazratqulova