Yangiliklar

SamVMIda "Axborot xavfsizligi" va "Odam savdosiga qarshi kurash" mavzusida davra suxbati bo'lib o'tdi.

SamVMIda

Bugungi globallashuv jarayonida barchamiz eng so'nggi texnika va axborot texnologiyalardan uzluksiz ravishda foydalanmoqdamiz. Bugun hayotimizni internetsiz tasavvur etolmaymiz. Ijtimoiy tarmoqlar esa hayotimizning ajralmas bir qismi bo'lib qolgan. Biroq bir yaxshining bir yomoni bo'lganidek internet tarmoqlarida biz uchun faqat foydali ma'lumotlar bor deya olmaymiz. Demak bu haqida jiddiyroq bosh qotirishga to'g'ri keladi. Xuddi shu mavzuga va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurashishga bag'ishlangan davra suxbati bugun Samarqand veterinariya meditsinasi institutida bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda Ichki ishlar vazirligi Samarqand viloyat boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migratsiya bo'limi hodimi T.Eliboyev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Samarqand viloyat bo'limi rahbari o'rinbosari M.Musinqulov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyat bo'limi rahbari A.Xafizov, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi Ijtimoiy xuquqiy munosabatlar bo'limi boshlig'i G'.Bobobekov, "Istiqbolli avlod" viloyat nodavlat Markazi yuristi F.Muhammadiyev, O'zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi R.Norjigitovlar ishtirok etishdi. Tadbirda ma'ruzachilar tomonidan internet tarmog'idan unumli, samarali va to'g'ri foydalanish kerakligi. Turli axborot xurujlariga qarshi immunitet xosil qilish va boshqalar axvoliga ham befarq bo'lmaslik borasida fikrlar bildirildi. Hozir dunyoda axborot xurujlariga uchrab hayotdagi o'rnini yo'qotib qo'yayotganlar soni ko'p ekanligi takidlandi. Shuningdek, odam savdosi va uning salbiy oqibatlarini oldini olish unga qarshi kurash bo'yicha ham bir qator o'rinli fikrlar aytildi. Xorijiy davlatlarga qonuniy borib ishlash istagida bo'lganlar qanday jihatlarga e'tibor berishlari kerakligi bo'yicha tushintirish olib borildi. Bugun odam savdosiga uchrab aziyat chekayotganlar bo'yicha hattoki xorijiy davlatlarda ishlayotgan vaqtida baxtsiz xodisalarga uchrab qiynalib yurganlar taqdiri qanday kechayotganligi hayotiy misollar bilan keltirildi. Ushbu davra suxbati talabalarda qiziqish uyg'otganini ular tomonidan berilgan savollarda va mutaxassislar tomonidan berilgan javoblarni zo'r qiziqish bilan tinglashida o'z ifodasini topdi. Talabalar bu kabi uchrashuvlarni ko'plab tashkil etish kerakligi borasida takliflar bildirishdi.

 
 
 
 
 
 
 

 

Dilfuza Hazratqulova