Xabar-Institut yangiliklari

image description

Samarqand veterinariya medisinasi instituti Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi tomonidan 2018 yil 22-24 oktyabr kunlari o’tkazilgan sport tadbirlari to’g’risida MA’LUMOT

Samarqand veterinariya medisinasi instituti Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi tomonidan 2018 yil 22-24 oktyabr kunlari sportning bir qator turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Jumladan:
2018 yil 22 oktyabr kuni institut mavjud bo’lagan 6 ta fakultet talabalari o’rtasida mini futbol bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Qizg’in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko’ra, Zooinjineriya fakulteti talabalari birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Veterinariya profilaktikasi fakulteti esa ikkinchi o’ringa loyiq topilgan bo’lsa, 3- o’rin Veterinariya diagnostikasi fakulteti talabalari egalladi. 

23 oktyabr kuni institut hududidagi o’yingohda talabalar o’rtasida yengil atletika sport turining  (100 m.ga yugurish) bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Natijalarga ko’ra, birinchi o’ringa  Veterinariya profilaktikasi fakulteti, Veterinariya diagnostikasi fakultet esa ikkinchi, uchinchi o’rin bilan Zooinjeneriya fakulteti raqiblaridan ustun kelishdi. 

24 oktyabr kuni institut sport zalida talabalari o’rtasida “Tayanib yotgan xolatda qo’llarni bukib yozish” bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Qizg’in va murosasiz kechgan baxslar yakuniga ko’ra, 1-o’rin bilan Veterinariya diognostikasi fakulteti yoshlari taqdirlangan bo’lsa,  2-3 o’rinlarni   Agroinjineriya va Zooinjineriya fakultet talabalari egallashdi. 

Sport insonni barkamollikka yetaklaydi. Sport bilan shug’ullangan inson esa o’zini doimo tetik hamda sog’lom his qiladi. Ertalabki qilingan badantarbiya esa kuni bilan kishiga xushkayfiyat olib keladi. Talaba-yoshlarni har tomonlama sog’lom hamda barkamol etib tarbiyalash maqsadida 22-25 oktyabr kunlari erta tongdan Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport kafedrasida o’qituvchilari tomonidan badantarbiya mashg’ulotlari o’tkazildi. Ushbu mashg’ulotlarda 4000 dan ortiq talaba-yoshlar hamda professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.


Yoshlar va talabalar bilan 
ishlash bo’limi boshlig’i                Sh.Namozov    

Foydali saytlar

Veterinariya sohasining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan hamkorlarimiz