Yangiliklar

QO’MITA RAISI SAMVMI TALABALARINI TAQDIRLADI

QO’MITA RAISI SAMVMI TALABALARINI TAQDIRLADI

Respublika Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi raisi Bahrom Norqobilov Samarqand Veterinariya medisinasi institutiga keldi.  Qo’mita raisi ta’lim muassasasining Talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Institut hududida barpo etilayotgan zamonaviy viyvariyda ( Darslar, mashg’ulotlar va amaliyot jarayonida foydalaniladigan hayvonlar saqlanadigan maxsus joy), shuningdek veterinariya amaliyot klinikasida   olib borilayotgan qurilish ishlari qanday ketayotganligi bilan qiziqdi. Institutdagi mavjud binolardagi ta’mirlash jarayonlarini ko’zdan kechirdi. 

 

Fakultetlardagi kafedralar professor o’qituvchilari bilan muloqotda bo’ldi.Ayni damda fakultetlarda oraliq nazorati topshirilmoqda. Qo’mita raisi bu jarayonda shaxsan ishtirok etib, talabalarning bilimlarini sinovdan o’tkazdi. Jumladan, rais tomonidan berilgan savollarga a’lo baholarga javob bergan 7 nafar talabalarning har biriga 1000 000 so’mdan bir martalik mukofot pullari beriladigan bo’ldi. 

 

Talaba yoshlarga bilim berishda jonbozlik ko’rsatgan va talabalar tomonidan faoliyati alohida e’tirof etilgan yosh olim va assistent Zoir Mirzayev ham 1000 000 so’m mukofot bilan taqdirlandi.

 

Bizni kuzatishda davom eting!

SamVMI Axborot xizmati