Yangiliklar

5-ta muhim tashabbusning 5-chisi amalda

5-ta muhim tashabbusning 5-chisi amalda

Zooinjeneriya fakulteti Hayvonlar genetikasi, seleksiyasi, urchitish va ko‘paytirish kafedrasi jamoasi Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini yanada mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5-ta muhim tashabbus ijrosi bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirib kelishmoqda. Ana shunday ishlarning mantiqiy davomi sifatida bu gal 5-chi yo‘nalish ijrosi bo‘yicha fakultetning birinchi bosqich talabalari o‘rtasida "Beshinchi tashabbus yulduzlari" loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyihada birinchi bosqichda mavjud 8 ta guruhdan 1 nafardan orasta qizlarimiz jamoa shakllantirib qatnashishdi. Loyiha avvalida fakultet dekani E.Shaptakov so‘z olib talaba qizlarimizni bo‘lajak oila bekasi ekanligini va qizlar o‘rganishi lozim bo‘lgan barcha hunarlarni yaxshi o‘zlashtirishlari kerakligini aytib o‘tdi. Bu kelgusida ularga oila qurganda juda muhim ekanligini alohida takidladi. Bu esa o‘z navbatida milliy qadryatlarimizdan biri ekanligini aytib so‘zini yakunladi va ishtirokchilarga omad tiladi. Ishtirokchilar 4 ta shart bo‘yicha o‘zlarining nechog‘lik notiq, pazanda, tikuvchi, to‘quvchi va ijodkor ekanligini namoyish etishdi.

Tengdoshlari bilan sog‘lom raqobatga kirishishdi va tajriba orttirishdi. Bu esa ishtirokchilarga yaqinda bo‘ladigan va har yili an'anaviy tarzda institut miqyosida o‘tkazilib kelinadigan "Orasta qizlar", "Balli qizlar", "Qizlar davrasi" kabi bellashuvlarga tayyorgarlik vazifasini o‘tadi. Kafedra jamoasi tomonidan bu kabi loyihalar hali ko‘p bora tashkil etib boriladi.

SamVMI Axborot xizmati