Yangiliklar

JADID MA’RIFATPARVARI ABDULLA ALAVIY XOTIRASIGA BAG’IShLAB TADBIR O’TKAZILDI

JADID MA’RIFATPARVARI ABDULLA ALAVIY XOTIRASIGA BAG’IShLAB TADBIR O’TKAZILDI

Bugun Samarqand veterinariya medisinasi institutining katta majlislar zalida XX asr taraqqiyparvar shoiri Abdulla Alaviy hayoti va ijodiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Institutning "O’zbek tili, adabiyoti va xorijiy tillar" kafedrasi professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan ushbu tadbirni Samarqand veterinariya medisinasi instituti rektori, professor X.B.Yunusov ochib berdi. Hurmatli X.B.Yunusov o’zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, buyuk yozuvchi, shoir Abdulla Alaviy xotirasiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbir yoshlarning tarbiyasi, ma’naviy kamolotga yetishida ko’makchi bo’lishi haqida so’z yuritdi. 

 "Abdulla Alaviy tom ma’nodagi ziyoli bo’lib, arab, fors, turk tillari bilan birga fransuz va lotin tillarini xam bilgan. Katta bilim sohibi bo’lgan Abdulla Alaviy Samarkanddagi pedagogika akademiyasida o’z xizmatlari bilan katta hurmat qozongan. Shoirning, ayniqsa yangi ruh bilan sug’orilgan lirik she’rlari 30-yillarda o’zbek she’riyatiga yangi tarovat olib kirgan. U Cho’lponning do’sti va shogirdi bo’lib, she’riyatimizdagi lirikaning yanada teranlashishiga hissa qo’shgan. 

Keyingi yillarda davlatimiz tomonidan el ardog’idagi adiblarga ko’rsatilayotgan hurmat, ehtirom ma’naviyatimizga berilayotgan yuksak e’tibordir. Xalqimiz Abdulla Alaviyni milliy madaniyatimiz ravnaqiga ulkan hissa ko’shgan betakror so’z san’atkori, zahmatkash shoir sifatida biladi va qadrlaydi"-deya ta’kidlaydi hurmatli X.B.Yunusov o’z so’zida.

So’ng Samarqand veterinariya medisinasi instituti 
So’ng Samarqand veterinariya medisinasi instituti 
"Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport" kafedrasining 
katta o’qituvchisi Sh.Axmedov tomonidan ko’plab fikrlar yig’ilganlarga ma’ruza qilindi. 
So’ng tadbirning badiiy qismi yig’ilganlar uchun taqdim etildi. Ushbu tadbir kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar ongi va shuurida vatanparvarlik va ajdodlar merosiga bo’lgan muhabbatni uyg’otadi.

SamVMI Axborot xizmati