Markaz va bo'limlar-Axborot resurs markazi



image description

Директор Центра информационных ресурсов

Абдухаликова Барчиной Абдухамитовна

Qabul vaqti: с понедельника по пятницу, с 9:00 до 11:00, главное здание, комната 49
Telefon: Tel: +99890-250-10-58 Fax: +998662340786
Elektron pochta: barchinoy.abdikhalikova@mail.ru

  1. Biyagrafiya ma'lumot

    Абдухаликова Барчиной Абдухомитовна: Родилась в 19822 году в районе Пастдаргом Самаркандской области.
    Национальность: узбек
    Образование: высшее, Самаркандский сельскохозяйственный институт по направлению «Профессиональное образование (агропедагогика)»; (2003).
    Окончила Самаркандский сельскохозяйственный институт по специальности «селекция и семеноводство полевых культур». (2008)
    ТРУДОВАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ:
    Лаборат Самаркандского сельскохозяйственного института (2003)
    Преподаватель школы № 27 Кибрайского района Ташкентской области (2010 г.)
    Директор Центра информационных ресурсов Самаркандского сельскохозяйственного института
    в его работе.
    Ученая степень: магистр
    Ученое звание: нет
    Трудовой стаж: 15 лет
    Педагогический стаж: 7 лет
    Преподаваемые предметы: селекция и семеноводство сельскохозяйственных культур, Биология и генетика
    Достижения: нет
    Научные работы: 1. Опубликованные статьи в журналах Agroilm в сельскохозяйственном секторе Узбекистана на 2012-2018 гг.
    Научное руководство: (Например, он руководил 6 степенями бакалавра).
    Семейное положение: семейная, имеет 2 детей

  2. Ilmiy Tadqiqot ishlari





Samarqand Veterenariya meditsinasi instituti kutubxonasi 1930 yilning sentyabr oyida tashkil topgan. O'sha yillarda kutubxonaning zaxirasi bir xonani egallab, 3 ta kitob javonini tashkil etgan. Yil sayin kutobxonada kitoblarni saqlash va tarqatish uchun qulay sharoitlar yaratilib turli soha va mutaxassiliklarga bag'ishlangan adabiyotlar soni ko'paytirildi, maxsus kitob javonlari va anjamlar bilan ta'minlash darajasi yaxshilanib va o'quv zali ajratildi
Kutubxona  xodimlarining  oldilarida turgan asosiy vazifalardan biri "Uzluksiz ta'lim tizimi uchun o'quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasi asosida kampyuterlar sonini ko’paytirish, videoaxborot jamlangan videoteka. slaydlar to'plami, diafilm va diapozitivardan iborat fonotika, noyob va kam sonli adabiyotlarning  elektron  versiyalarini tayyorlash, nusxa ko'chirish xizmatini jadal yo'lga qo'yishdan iborat
Hozirgi kunda ARMda 130 ta kompyuter mavjud bo'lib, shundan 115 tasi ARM mijozlar xizmati uchun elektron-o'quv zalida o'rnatilgan. Zalda o'rnatilgan kampyuterlar lokal (ichki) va global INTERNET tarmoqlariga ulangan. Ichki tormoq tizimida elektron darsliklar, videoaxborot, videoteka, slaydlar to'plami, diafilm va diapozitivlar bazasi kiritilgan va tarmoqdagi kampyuterlar o'zaro malumotlani uzatish, ko'chirib olish imkoniga ega.
Zamonaviy talablar hisobga olingan holda kutubxona tarmog’ini tashkil qilishni takomillashtirish, o’sib kelayotgan yosh avlodning intelektual extiyojlarini qondirish madaniy, ma’naviy axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo’naltirilgan prinspial yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan taminlash Respublikamiz prizidentimiz  tomonidan 2006-yil 20-iyunda 381-sonli qaror qabul qilindi.
Shu bilan bir qatorda ARM fondi hozirgi kunga kelib 584537 taga yetdi. ARM fondi boy ilmiy ommobob va o’quv-uslubiy darsliklar bilan taminlangan. Keng va yorug’ o’quv zallari mavjud bo’lib, ular  talabalar xizmatida.
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlar vazirligi kutubxonalarni Oliy va o’rta maxsus kasb hunar ta'lim markazi. OO'MTBning O'rta maxsus kasb hunar ta'lim markazi, Xalq ta'limi vazirligi ixtiyoriga o'tkazilib ARM vaAKM markazlari tashkil qilindi. ARM ning asosiy vazifalari etib axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam va mustaqil ravishda ta'lim olishga ko'maklashish hamda milliy,  ma'naviy-axloqiy qadryatlarning keng targ'ib qilish,  xalqning madaniy tarixiy merosidan bahramand bo'lishni ta'minlash, ma'naviy boy va uyg'un kamol topgan shaxsning ijodiy o'sishi uchun imkoniyat yaratish kabi muhim masalalar belgilab qo'yildi.
Shuningdek Axborot-resurs markazida quyidagilar faoliyat ko’rsatmoqda
Umarov Mamayusuf  Majid o’g’li - Elektron axborot-kutubxona resurslari bo‘limi boshlig’i
Qurbonova Gulsora - Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig’i
Yakubova Shoira - Axborot-kutubxona  resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig’i
Melkumova Irma - Axborot-kutubxona resurslarini butlash, katologlash va tizimlashtirish bo‘limi boshlig’i
To‘xtaeva Yulduz - Ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘lim boshlig’i
Xaitova Sveta - Yetakchi mutaxassis
Norbekova Nigina – Uslubchi
Kiyamova Soxiba - Bibliograf 1-toifa
Didenko Svetlana - Kutubxonachi 1-toifa
Xonzodaeva Toxira - Kutubxonachi 1-toifa
Qurbonova Shaxnoza - Kutubxonachi 2-toifa
Berdimurodov Elyor - Kutubxonachi 2-toifa
Bobomurodova Dilorom – Kutubxonachi
Namazov Doniyor - Etakchi mutaxassis AT bo’yicha
Raxmatova Iroda - Bibliograf 1-toifa
Burxonova Iroda - Kutubxonachi 1-toifa
Axramova Nasiba - Kutubxonachi 1-toifa
Ibragimova Nargilya - Kutubxonachi 2-toifa
Rofeva Zilola - Kutubxonachi 2-toifa
Rajabova Zulfiya - Kutubxonachi
Sattarova Venera – Kutubxonachi
Tashbaeva Shoira - Bosh kutubxonachi
Radjabova Lola - Bibliograf 1-toifa
Radjabova Dilbar - Kutubxonachi 1-toifa
Jabbarova Asal - Kutubxonachi 1-toifa
Boboeva Marjona - Kutubxonachi 2-toifa
Mamadalieva Dilfuza - Bibliograf 2-toifa
Kuliev O‘tkir - Kutubxonachi 1-toifa
Isakova Sayyora - Bibliograf 1-toifa
Boboeva Xurshida - Etakchi mutaxassis AT buyicha
Shirinov Navro‘z - Elektron kutubxonalar kutubxonachisi 1-toifa

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti 
Axborot-resurs markazi (ARM) to‘g‘risida
N  I  Z  O  M  
1. Umumiy qoidalar
1.1. Axborot-resurs markazi (keyingi o‘rinlarda ARM deb ataladi) Institut tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida» 2006 yil 20 iyundagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
1.2. ARM Institut rahbariyatiga bo‘ysunadi.
1.3. ARM Institut tomonidan uning tarkibiy bo‘linmasi sifatida mablag‘ bilan ta’minlanadi.
1.4. ARM o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, qonunlariga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarorlari, buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy xujjatlariga, institut ustaviga, institut rahbariyatining buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
1.5. ARM o‘z faoliyati bilan foydalanuvchilarining axborot resurslari va kutubxona fondidan erkin foydalanish huquqini ta’minlaydi.
1.6. Axborot-resurslari va kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar ro‘yxati, ularni ko‘rsatish shartlari, foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi ARMdan foydalanish qoidalarida belgilanadi.
1.7. ARMga umumiy tashkiliy-metodik rahbarlik, ularning ishlarini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash idoraviy va hududiy metodik markazlar tizimi orqali: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – respublika metodik markazi, Idoralararo kengashning ishchi organi orqali; Mirzo Ulug‘bek nomidagi  Milliy Universitetining ilmiy kutubxonasi – Oliy ta’lim muassasalari ARMlarining metodik markazi orqali amalga oshiriladi.
2.Asosiy vazifalari
2.1. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam ta’lim olishiga va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish.
2.2. Milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratish.
2.3. Axborotlarga bo‘lgan talablarga muvofiq va ARM ma’lumotlar qidirish apparati tizimi orqali har qanday fondlardan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlarning elektron bazalari, INTERNET resurslari) asosida foydalanuvchilarga zarur darajada axborot xizmati ko‘rsatish.
2.4. Axborot madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarni axborotlar qidirishning zamonaviy uslublariga o‘qitish.
2.5. Axborot jarayonlarining zamonaviy texnologiyalarini va kompyuterlashtirishni joriy etish asosida ishlarni takomillashtirish.
2.6. Institut soxasiga va foydalanuvchilarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarga muvofiq ARM fondini shakllantirish. Ma’lumotlar qidirish apparatini, ma’lumotlar bazalarini, kataloglar va kartotekalarni tashkil etish va yuritish.
2.7. Madaniy, ta’lim, axborot va boshqa dasturlar, loyihalar, aksiyalarni birgalikda amalga oshirish uchun, shuningdek foydalanuvchilarning hujjatlarga va axborotlarga ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirish uchun ARMlar, axborot-kutubxona markazlari (AKMlar), ta’lim muassasalari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy ta’minot xizmatlari, milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikni, faoliyatni muvofiqlashtirish va kooperatsiyalashni rivojlantirish.
   2.8. ARM xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, texnik jihozlash, axborot jarayonlarini kompyuterlashtirish asosida xizmatning sifatini oshirish.
2.9. Rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, tahlil qilish va sohani rivojlantirish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borish.
3. Asosiy funksiyalari
3.1 O‘quv zallarida, abonementlarda hamda yagona kitobxon bileti bo‘yicha kitoblar berishning boshqa punktlarida, yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish metodlarini qo‘llagan holda, foydalanuvchilarga tabaqalashtirilgan xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi.
3.2. Institut kafedralarida, o‘quv markazlarida, laboratoriyalarida shakllantirilgan elektron axborot resurslarini to‘plash, tizimlash, kataloglashtirishni amalga oshiradi. Elektron kataloglashtirish bibliografik axborotni taqdim etish va uzatishning xalqaro formatlari (MAKS formatlari) talablariga qat’iy muvofiq holda olib boriladi.
ARMda ma’lumotlarning original tematik bazalarini yaratish yo‘li bilan Institutning axborot resurslarini shakllantirish mumkin.
3.3. ARM foydalanuvchilarni asosiy axborot xizmatlari bilan bepul ta’minlaydi:
- kataloglar, kartotekalar tizimi va axborotlar berishning boshqa shakllari orqali ARM fondi tarkibi to‘g‘risida to‘liq axborot beradi;
- matbaa asarlari va boshqa hujjatlarni qidirish va tanlashda maslahat yordami ko‘rsatadi;
- ARM fondlaridan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun beradi;
- Institutning ilmiy va o‘quv ishlariga yordam sifatida bibliografik ko‘rsatkichlar, yangi adabiyotlar ro‘yxatlari tuzadi; tematik, adresli va boshqa bibliografik ma’lumotlar beradi; bibliografik sharhlar o‘tkazadi; kitob ko‘rgazmalari tashkil qiladi.
- foydalanuvchilar, rahbariyat, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar va aspirantlarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, o‘rganadi va muntazam ravishda aniqlashtirib boradi.
3.4. ARMdan  foydalanish qoidalarida ko‘rsatilgan ro‘yxat asosida pullik xizmatlar ko‘rsatadi. Kichik va o‘rta biznes korxonalariga, uyushmalar va boshqa tashkilotlarga shartnomalar bo‘yicha kutubxona-axborot xizmati ko‘rsatishni tashkil qiladi. Kitobxonlarga kutubxonalararo abonement bo‘yicha, shu jumladan elektron pochtadan foydalangan holda xizmat ko‘rsatadi.
3.5. ARM axborotlarni qidirib topish, ularni mustaqil ta’lim olishda, o‘quv jarayonida va ilmiy ishlarda qo‘llash, ARMning ma’lumot-bibliografik apparatiga, axborot tizimlariga va ma’lumotlar bazalariga tayanish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
3.6. Foydalanuvchilar uchun informatika va bibliografiya asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil qiladi.
3.7. Mintaqaning boshqa ARMlari bilan muvofiqlashtirilgan holda aholining axborotlarga bo‘lgan talablari, shuningdek ta’lim – kasb hunar dasturlari, o‘quv rejalari hamda ilmiy tadqiqotlar tematikalariga muvofiq fondning jamlanishini ta’minlaydi. O‘quv, ilmiy, davriy, ma’lumotnoma, badiiy adabiyotlar va boshqa turdagi nashrlarni sotib oladi.
3.8. Fondlarni jamlash manbalarini mustaqil ravishda belgilaydi. ARMlar hamda respublikadagi boshqa muassasa va tashkilotlar bilan kitoblar va elektron resurslar ayirboshlashni, shuningdek zaruriyatga ko‘ra xorijiy mamlakatlarning kutubxonalari va tashkilotlari bilan xalqaro kitoblar va elektron resurslar ayirboshlashni amalga oshiradi.
3.9. Fondlarni jamlash rejalariga tuzatishlar kiritish, ta’lim muassasalari uchun adabiyotlarni chiqarishni rejalashtirish hamda foydalanuvchilarning va fondlar tarkibining axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiqlashtirish maqsadida kitobxonlar talabi qondirilishi darajasini o‘rganadi. Barcha toifadagi foydalanuvchilarning o‘quv va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi. Ilg‘or axborot-kutubxona va elektron axborot resurs texnologiyasini, tadqiqot ishlari natijalarini joriy etadi. Foydalanuvchilar qiziqishlarini o‘rganish maqsadida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazadi.
3.10. Fondlarni hisobga olish va joylashtirishni amalga oshiradi, ularning saqlanganligini, saqlash rejimini, hujjatlar nusxasini olishni va mikrofilmga hamda elektron formatga ko‘chirishni ta’minlaydi.
3.11. Hujjatlarni chiqarib tashlashning Institut rahbariyati bilan kelishilgan tartibiga, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq hujjatlarni ARM fondidan chiqaradi. Sohaga oid bo‘lmagan va ortiqcha, o‘xshash adabiyotlarni qayta taqsimlshni amalga oshiradi. Kitoblarni belgilangan tartibda  aholiga sotishni tashkil qiladi.
3.12. Fondlarni ko‘p sohali bibliografik aks ettirish yordamida an’anaviy va elektron manbalarda kataloglar va kartotekalar tizimini yuritadi.
3.13. Foydalanuvchilarga avtomatlashtirilgan rejimda tezkorlik bilan turli xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradigan respublika yig‘ma kataloglarini, shu jumladan elektron kataloglarni tuzishda qatnashadi.
3.14. Boshqa ARMlar, kafedralar, ilmiy jamiyatlar, ta’lim muassasalarining jamoat tashkilotlari, respublika AKMlari bilan ijodiy va axborot aloqalarini rivojlantiradi.
3.15. Kutubxonalar, arxivlar, ma’lumotlarning axborot bazalariga ega bo‘lgan boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan amaldagi qonun hujjatlariga, davlat dasturlariga, shuningdek muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq o‘zaro hamkorlik qiladi.
4. ARMning huquq va majburyatlari
4.1. ARM quyidagi huquqlarga ega:
Nizomda ko‘rsatilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq o‘z faoliyatiningmazmun va shakllarini mustaqil ravishda belgilash;
ARM tuzilmasini, shtat ro‘yxatini va undan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish hamda ularni Institut rahbariyati tomonidan tasdiqlash;
markazga berilgan mablag‘larni tasarruf etish;
yagona tarif setkasi asosida, mehnatga haq to‘lash fondi doirasida lavozim maoshlarini; lavozim maoshlariga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlarni; xodimlarni mukofotlash tartibi va miqdorini belgilash;
ARMdan foydalanish qoidalariga muvofiq, foydalanuvchilar tomonidan ARMga etkazilgan zararni undirish turlari va miqdorlarini belgilash;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar asosida ARM fondidan foydalanish shartlarini belgilash;
Institutning ta’lim-kasb-hunar dasturlari, o‘quv rejalari, ilmiy-tadqiqot ishlari tematikasi bilan tanishish, uning tarkibiy bo‘linmalaridan ARM oldiga qo‘yilgan vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni olish;
turli muassasalarda, tashkilotlarda Institut nomidan vakillik qilish, kutubxona va axborot-bibliografik faoliyat masalalari bo‘yicha ilmiy konferensiyalar, yig‘ilishlar va seminarlar ishida bevosita qatnashish;
boshqa ARMlar, kutubxonalar, tashkilotlar bilan belgilangan tartibda yozishmalar olib borish;
amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot-kutubxona birlashmalariga kirish;
axborot-kutubxona ishini rivojlantirishning davlat va mintaqaviy dasturlarini amalga oshirishda tanlov yoki boshqa asosda qatnashish;
xorijiy davlatlarning ARMlari, kutubxonalari hamda boshqa muassasa va tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlikni amalga oshirish, shu jumladan zaruriyatga ko‘ra xalqaro kitoblar ayirboshlashni yuritish, belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirish, xalqaro kutubxonachilik va boshqa dasturlarni amalga oshirishda qatnashish.
4.2. ARM fondlarning saqlanishi uchun javob beradi.
4.3. Institut ARM o‘zining vakolatiga taalluqli funksiyalarning bajarilmagani uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4.4. Axborot fondlariga zarar etkazilishida aybdor bo‘lgan ARM xodimlari amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
4.5. ARM O‘zbekistonRespublikasi qonunchiligi va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida axborot xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘radi. O‘z vakolati doirasida davlat siri toifasiga kiruvchi va chegaralangan tartibda tarqatilgan ma’lumotlarni muhofaza qiladi.
4.6. ARM xodimlarining mehnat munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
5. Boshqarish. Tuzilmasi va shtatlari. Moddiy-texnika ta’minoti
5.1. ARMga rahbarlik direktor tomonidan amalga oshiriladi, u Institut rektori tomonidan, oliy kasbiy ma’lumotli va ixtisosi bo‘yicha kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislardan, mehnat shartnomasi (kontrakti) bo‘yicha tayinlanadi.
5.2. Direktor o‘z vakolati doirasida ishlarning natijalari uchun to‘liq javob beradi, barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lgan farmoyishlar va ko‘rsatmalar chiqaradi.
5.3. ARM xodimlari shartnoma (kontrakt) tuzish yo‘li bilan ishga qabul qilinadi.
5.4. ARM huzurida maslahatlashuv organi sifatida, ishlarni boshqa ARM,  AKM, kutubxonalar, Institutning ilmiy va o‘quv bo‘linmalari bilan kelishish uchun ARM kengashi tashkil etiladi. Kengash tarkibi, ARM direktori  taqdimiga ko‘ra, Institut rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Kitobxonlar kutubxona muassasasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan homiylar kengashlari yoki kitobxonlarning boshqa birlashmalari faoliyatida qatnashadilar.
5.5. ARM o‘z faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hujjatlarni yuritadi hamda hisobotlarni, ish rejalarini va boshqa axborotlarni taqdim etadi.
5.6. Institut ARM belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘z tuzilmasiga ega bo‘ladi .
5.7. ARMning boshqaruv va xizmat ko‘rsatish xodimlari soni Institutning ARM Namunaviy shtatlari asosida, ARM oldida turgan vazifalarni hisobga olgan holda hamda Institut kitobxonlari sonidan kelib chiqib, belgilangan tartibda shakllantiriladi.
5.8. Institut rahbariyati resurslar jamlashni kafolatli moliyalashtirishni, ARMni amaldagi me’yorlarga muvofiq zarur xizmat va ishlab chiqarish xonalari, kompyuterlar hamda nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi, aloqa kanallari va tashkiliy texnika bilan ta’minlaydi.
5.9. ARM ta’minoti uchun xarajatlar Institutning umumiy xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
5.10. ARM o‘zining subhisob raqamiga ega bo‘lishi mumkin, unga markaz tomonidan pulli qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish hisobiga jalb etiladigan mablag‘lar kiritiladi.
6. ARMni qayta tashkil etish va tugatish
6.1. ARMni qayta tashkil etish va tugatish (qo‘shish, ajratish, ayirish, birlashtirish, qayta o‘zgartirish) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaroriga ko‘ra, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
6.2. ARMni qayta tashkil etishda barcha hujjatlar (boshqaruv, moliya-xo‘jalik hujjatlari, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar va boshqalar), mol-mulk va fondlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi
Axborot-resurs markazidan foydalanish  
Q O I D A L A R I
1.Umumiy qoidalar
1.1. Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati demokratiya, insonparvarlik, umumiy foydalanishga qulaylik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, shaxsning erkin kamol topishi prinsiplariga asoslanadi.
1.2. ARMdan foydalanish bepul, ARM tomonidan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning ayrim turlari ro‘yxati, ular uchun to‘lanadigan haq miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
2. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
2.1. ARMdan foydalanish huquqi mazkur Institut talabalari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, doktorant, aspirantlar, ilmiy-xodimlar, o‘quv yordamchi va muxandis-texnik xodimlarga beriladi.
Boshqa Oliy ta’lim muassasalari va shahar hududidagi foydalanuvchilariga ARMning faqat o‘quv zalida axborot xizmati ko‘rsatiladi.
2.2. Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
- ARM fondidan istalgan hujjatlarni  vaqtincha foydalanish uchun olish, shuningdek boshqa ARMdan hujjatlarning bosma yoki elektron nusxalarini hujjatlarni elektron vositasida etkazib berish  tizimi orqali buyurtma qilish va olish;
- bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmatidan hamda ARM tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish;
- ARM tomonidan o‘tkaziladigan axborot-ommaviy tadbirlarda qatnashish;
- ARMning jamoat kengashiga saylash va saylanish.
2.3. Foydalanuvchilar ARMga a’zo bo‘lish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) talabalar uchun talabalik guvohnomasini, zarur miqdordagi (3 ta) fotosuratlarini taqdim etadilar hamda a’zolik biletini va ro‘yxatdan o‘tkazish varaqasini rasmiylashtirish uchun ma’lumotlar beradilar.
Boshqa shaharlik fuqarolar vaqtinchalik a’zolik biletini, pasportini yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni ko‘rsatgan holda oladilar.
Boshqa mamlakat fuqarolari biletni o‘z mamlakati pasporti yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat  asosida oladilar.
2.4. Foydalanuvchilarga bir yo‘la foydalanish uchun beriladigan hujjatlar soni ARM tomonidan yakka holda tartibga solinadi.
Noyob va qimmatli nashrlar hamda hujjatlar, shuningdek e’lon qilinmagan materiallar foydalanuvchilarga belgilangan tartibda beriladi.
2.5. Foydalanuvchilar ARMdan olingan hujjatlarni va boshqa materiallarni ehtiyot qilishi shart.
Foydalanuvchi hujjatlar va materiallarni olishda ularni ko‘zdan kechirishi va ularda biron-bir nuqson borligi aniqlanganda bu to‘g‘rida ARM xodimiga ma’lum qilishi kerak.
2.6. ARM fondiga zarar etkazgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy, jinoiy yoki boshqacha tarzda javob beradilar.
2.7. ARM fondidan olingan hujjatlar va materiallarni yo‘qotgan yoxud ularga tiklab bo‘lmaydigan darajada ziyon etkazgan foydalanuvchilar ularni tegishli ravishda xuddi shunday yoki ARM xodimlari tomonidan teng qimmatli deb e’tirof etilgan (shu jumladan nusxalari bilan) hujjatlar va materiallar bilan almashtirishi, almashtirish mumkin bo‘lmagan taqdirda ularning qiymatini belgilangan miqdorda to‘lashi shart. Qiymatining necha baravar miqdorda to‘lanishi ARM mutaxassislari yoki jalb  etilgan mutaxassislar tomonidan, yo‘qotilgan yoki yaroqsizlantirilgan hujjatning qiymatidan kelib chiqqan holda, hamda amaldagi tartibga soluvchi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
2.8. ARMdan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun foydalanuvchilar ARMdan foydalanish huquqidan ARM ma’muriyati tomonidan belgilangan muddatga mahrum qilinishi mumkin.
3. ARMning foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlari
3.1. ARM fondlaridagi hujjatlar va materiallarni ularning saqlanishini ta’minlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq hisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish; ma’lumotnoma-bibliografik apparatni, shu jumladan  elektron katalogni yuritish; tavsiyanoma tusidagi bibliografik qo‘llanmalarni ishlab chiqish.
3.2. ARM quyidagilarga majbur: 
-foydalanuvchilarni ARMdagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash;
- foydalanuvchilarning istaklarini o‘rganish va to‘la qondirish;
- kutubxona, bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;
- foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda yuksak madaniyat va malakalilikni ta’minlash, zarur hujjatlar va materiallarni qidirib topish va olishda zarur yordam ko‘rsatish;
- foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish asosida turli manbalardagi axborot resurslarini bergan holda tabaqalashtirilgan axborot xizmatlari ko‘rsatilishini amalga oshirish;
- zarur axborotni qidirib topishga, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
- fondlarda zarur hujjatlar va materiallar mavjud bo‘lmagan taqdirda ularni kutubxonalararo abonement, shu jumladan xalqaro abonement tizimi orqali qidirib, taqdim etish;
- ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish;
- ARMning ijodiy nufuzini yaratishga ko‘maklashish, ARM fondlarini va uning tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularning xohishlariga muvofiq yangi xizmatlarni tashkil etish.
4.ARM ning foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlari.
4.1ARM fondlaridagi  hujjatlar va materiallarni ularning saqlanishini ta’minlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq hisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish; ma’lumotnoma-bibliografik apparatni, shu jumladan elektron katalogni yuritish; tavsiyanoma tusidagi bibliografik qo‘llanmalarni ishlab chiqish.
4.2ARM quyidagilarga majbur:
-foydalanuvchilarni ARM dagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash;  
-foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish va eng to‘liq qondirish;
-kutubxona, bibliografik, ma’lumotnoma-axborot xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarga foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;
-foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda yuksak madaniyat va malakalilikni ta’minlash, zarur hujjatlar va materiallarni qidirib topish va olishda zarur yordam ko‘rsatish;
 -foydalanuvchilarning qiziqishlarga va axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish asosida turli manbalardagi axborot resurslarini bergan holda tabaqalashtirilgan kutubxona-axborot xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va mustaqil ravishda ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
 -fondlarda zarur hujjatlar va materiallar mavjud bo‘lgan taqdirda ularni qidirib topish ishlariniamalga oshirish hamda ularni kutubxonalararo abonement, shu jumladan halqaro abonement tizimi orqali taqdim etish;
-ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish;
-ARM ning ijobiy nufuzini yaratishga ko‘maklashish, ARM fondlarini va uning tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularning talablariga muvofiq yangi xizmatlarni tashkil etish.

Полезные сайты

Наши совместные партнеры, вносящие свой клад в развитии ветеринарной отрасли