E`LONLAR

Germaniyaning PRAXX amaliyot dasturi

Institut uzoq yillardan buyon Germaniyaning PRAXX (Berufspraxis in Deutschland Praktisches Lernen – Internationaler Dialog – Nachhaltiger Erfolg) dasturi orqali talabalar yozgi amaliyotini Germaniyada o`tash bo`yicha hamkorlik qilib kelmoqda. Shu munosabat bilan navbatdagi o`quv yili (2018-19) uchun dasturda ishtirok etish istagida bo`lgan talabalar 2018 yil 19 noyabr kuni soat 13:00 dan 18:00 gacha saralashda qatnashishi mumkin.
Saralashga institutning barcha fakultetlaridan faqat nemis tilini biladigan 3 boshqich talabalari ishtirok etishi so`raladi.
Tanlovda qatnashish istagida bo`lgan talabalar saralash kuni(19.11.2018)ga qadar quyidagi xujjatlarni institutning xalqaro aloqalar bo`limi(133-xona)ga taqdim qilishingiz so`raladi. Kamchiligi bor xujjatlar qabul qilinmaydi.

PRAXX amaliyotida qatnashish uchun kerakli hujjatlar:
- ariza - Bewerbung (ilovada)
- tarjimai hol (ilovada)
- pasport kopiyasi (dastlabki ikki varaq)
- reyting daftarchasi kopiyasi
- haydovchilik guvohnomasi (bor bo'lsa)
- turli nemis tili bilimi haqida olingan guvohnomalar (asl nusxasi va 1 dona ko`chirma nusxa(kopiya))
- talabalik holatini tasdiqlovchi hujjat (ilovada, asl nusxada faqat 
oliy o'quv yurti tomonidan to'ldiriladi)

Qo`shimcha savollar uchun institutning xalqaro hamkorlik bo`limiga soat 15:00 dan so`ng murojat qilishingiz mumkin.