E`LONLAR

YUNESKO xalqaro dasturi doirasida yosh olimlar uchun mukofot 2018 yil tanlovi e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligining 2018 yil 10 oktyabrdagi №87-04-1500 sonli xatiga asosan, “Inson va biosfera” YUNESKO xalqaro dasturi doirasida yosh olimlar uchun mukofot 2018 yil tanlovi e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz.
Tanlovni o‘tkazishdan maqsad rivojlanayotgan mamlakatlarning biorezervatorlari hududlarida biologik turfaxillik, ekologiya, suv zaxiralari, hayvonot va nabotot olamini asrash kabi sohalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan yosh olimlarni rag‘batlantirishdan iborat.     
Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan nomzodlar quyidagi mezonlar asosida tavsiya etilishi lozim:
1.35 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak;
2.Mukofot doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyiha byudjeti 5000 AQSH dollaridan oshmasligi lozim;
3.Mukofot doirasida moliyalashtirilaetgan ilmiy tadqiqot loyihasi 2 yil ichida amalga oshirilishi lozim;
Tanlovga loyihalar 2018 yilning 1 dekabr kuniga qadar YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: 71 267-05-42, 71 267-05-61 YUNESKO ishlari buyicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojat qiling