YANGILIKLAR

Qabul-2019 SamVMI.Qaysi olimpiada fanlari va tanlovlar g'oliblari SamVMIga sinovlarsiz (davlat granti) qabul qilinadi?

img

O'zbekiston respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan Olimpiada fani va tanlovlar bilan oliy ta'lim yo'nalishlari o'rtasida kasbiy muvofiqlik tasdiqlandi.

Unga ko'ra Kimyo fani bo'yicha Respublika fan olimpiadasining g'oliblari Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi, Biotexnologiya (tarmoqlar bo'yicha) ta'lim yo'nalishlariga, Biologiya fani bo'yicha Respublika fan olimpiadasining g'oliblari esa Agronomiya (em-xashak ekinlari), Zooinjeneriya: qoramolchilik, Zooinjeneriya: qo`ychilik-echkichilik, Zooinjeneriya: qorako`lchilik, Zooinjeneriya: yilqichilik va tuyachilik,Zooinjeneriya: parrandachilik, Zooinjeneriya: asalarichilik, Zooinjeneriya (baliqchilik),O`simlikshunoslik (yaylov cho`l o`simlikshunosligi), Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo`yicha), Veterinariya farmatsevtikasi, Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari, Veterinariya sanitariya ekspertizasi ta'lim yo'nalishlariga sinovlarsiz (davlat granti) qabul qilinishi belgilangan.

Institut matbuot kotibi

Shaxzod Axmedov