YANGILIKLAR

Qabul-2019 SamVMI. Institutga qancha harbiy tavsiyanomaga ega abiturientlar ro'yxatdan o'tdi?

img

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti qabul komissiyasining xabar berishicha, shu kunga qadar jami 20 nafar harbiy tavsiyanomaga ega abiturientlar ro'yxatdan o'tishgan.

Ma'lumki, harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun alohida 5 foizlik kvota belgilangan. Endi tavsiyanomaga ega abituriyentlar eng avvalo o‘sha kvota doirasida o‘zaro bellashadi, o‘zgalarga xalaqit qilmaydi.

Ma'lumot o'rnida, Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga harbiy tavsiyanomalarga ega bo‘lganlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha jami 45 ta (15 ta grant, 30 ta kontrakt ), bakalavriatning sirtqi ta'lim shakli bo‘yicha 23 ta (barchasi kontrakt) o'rin ajratilgan.

Institut matbuot kotibi

Shaxzod Axmedov