YANGILIKLAR

“El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlik sertifikatini tantanali topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

img

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutahassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining oily ta’lim tizimining malaka oshirish va stajirovka, doktorantura va magistratura ta’lim dasturlari uchun e’lon qilgan 2019 yilgi stipendiya tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga 2019 yil 8-iyunda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining madaniyat saroyida “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlik sertifikatini tantanali topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni tabriklash uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasining direktori Adham Sharipovich Bekmurodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari so’zga chiqdilar

Jamg’arma Vasiylik Kengashining 2019 yil 7 maydagi 9-son bayoni qaroriga muvofiq Samarqand veterinariya meditsinasi instituidan stipendiya tanlovining doktorantura, malaka oshirish va stajirovkata’lim dasturlari bo‘yicha g‘olib deb quyidagilar topildi va sertifikat bilan taqdirlandilar:
•    doktartura ta’lim dasturi bo’yichaSuleymanova Muxabbat Kasimovna va Boysinova Nasiba Boysinovna
•    stajirovkata’lim dasturi bo’yichaEshonkulov Bobur Mamurovich,Qosimova ShahnozaJabborkulovna vaKarimov Jafar Mamaradjabovich
•    malaka oshirish ta’lim dasturi bo’yicha Yaxyaev Baxtiyor Sadullaevich vaRo’zimurodov Rabbim Raimqulovich