YANGILIKLAR

SamVMI QVZ "Kulgu ustalari" kubogi final bellashuvi bo'lib o'tdi. Natijalar qanday.

img

 Joriy yilning 6-iyun sanasida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti San'at saroyida talaba yoshlarning darsdan bo'sh vaqtlarini yanada mazmunli tashkil etish va institut QVZ "Maroqand" terma jamoasi uchun munosib nomzodlarni saralab olish maqsadida Yoshlar va talabalar bilanishla bo'limi tomonidan tashkil etilgan SamVMI QVZ Kulgu ustalari" kubogining final bellashuvi bo'lib o'tdi. 

  Ushbu bellashuvda Agronomiya fakultetining "Ulfatlar", Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetining "Oskar", Zooinjeneriya fakultetining "Qorako'l" jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. 

 Ushbu bellashuv haqiqiy finalga xos tarzda bo'lib o'tdi.  Jamoalar ham har doimgidan o'zgacha tayyorgarchilik  va o'zgacha ishtiyoq hamda quvnoqlik va zukkolik bilan har bir shartdagi o'z chiqishlarini namoyish etishdi.

  Umumiy xisob-kitob natijalariga ko'ra jamoalar yakunda quyidagi natijalarni qayd etishdi:

1. "Qorakol"  15 ball.
2. "Oskar"     14 ball.
3. "Ulfatlar"   13,3 ball.

 Ushbu SamVMI QVZ "Kulgu ustalari" kubogi bellashuvlarida faol ishtirok etgan barcha fakultet jamoalarga Yoshlar va talabalar bilan ishlash bo'limi minnatdorchilik bildiradi. 

 Shuningdek final bellashuvida bizga chinakam kulgu ulashgan g'olib va sovrindor jamoalarga alohida qizg'in minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu jamoalarni qo'llab-quvvatlab barcha sharoitlarni yaratib bergan fakultetlar rahbariyatiga va Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosarlariga ham alohida tashakkur bildiramiz.
 Eslatib o'tamiz joriy yilning 22-iyun kuni Jizzax shahrida O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan har yili ananaviy tarzda barcha oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida tashkil etib kelinadigan Quvnoqlar va zukkolar musobaqasining xududiy saralash bosqichi bo'lib o'tishi belgilangan. Ushbu bellashuvda institut "Maroqand" terma jamoasi ham bu yilgi mavsumdagi o'z ishtirokini boshlaydi. Ushbu bellashuvda jamoamizga omad tilaymiz.  

  Norjigitov Raximjon 
 Yoshlar va talabalar bilan ishlash bo'limi uslubchisi.