TALABALAR TURAR JOYLARI


Samarqand veterinariya medisinasi instituti
«Talabalar turar joyi» ning 
Nizomi

 I.    Umumiy qoidalar
1. Ushbu «Nizom» 2005 yil 9 apreldagi «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari fani bo’yicha» maxsus metodologik komissiya qarori hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 18 maydagi 107-sonli «Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida milliy istiqlol g’oyasini talabalar ongiga singdirishda ta’lim jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat va ta’limdan tashqari ishlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi buyrug’i asosida ishlab chiqilgan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 17 yanvardagi 11-sonli buyrug’i asosida ishlab chiqildi.
2. Samarqand veterinariya medisinasi institutiga uzoq tuman va viloyatlardan kelib, ta’lim olayotgan talabalar, magistrlar va osiminatorlar vaqtincha yashash joyi bilan ta’minlash maqsadida «Talabalar turar joyi» tashkil etiladi.
3. Talabalar turar joyi boshqaruvi-mazkur Nizom asosida institut rahbariyati tomonidan shakllantiriladi hamda o’z faoliyati yo’nalishiga, ish rejasi va dasturi, shtat birligiga ega bo’lib, talabalar turar joyining ma’muriy, xo’jalik, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini boshqaradi.
4. Talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o’z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, san’at va boshqa to’garaklarda qatnashishi uchun sharoitlar yaratiladi. 
5. Talabalar turar joyining moddiy-texnika ta’minoti, uni kapital va joriy ta’mirlash, binodagi qattiq va yumshoq krovat, mebel, xona jihozlari (ko’rpa-to’shak, yopinchiqlar, sochiqlar va boshqalar), texnika vositalarini saqlash, ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, tozaligini ta’minlash, kommunal-xo’jalik xizmatlari (issiq va sovuq suv ta’minoti, kanalizasiya, issiq suv trubalarini ta’mirlash) va boshqa shart-sharoitlar institut tomonidan ta’minlanadi.
6. Talaba turar joyi olish uchun fakultet dekani yoki ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor nomiga ariza yozadi va unga pasport nusxasini ilova qiladi. Mazkur ariza o’rnatilgan tartibda ko’rib chiqilgach, talabalar turar joylariga joylashtirish maxsus komissiya (ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha prorektor va kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi va boshqalardan iborat) ruxsati bilan berilgan order asosida amalga oshiriladi.
7. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba va magistrantlar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta’sis etilgan qoidalar asosida vaqtincha ro’yxatga olinadi. Ro’yxatga olish ishlari boshqaruv raisi (mudir) va pasportist(ka) tomonidan amalga oshiriladi.
8. Tarbiyaviy-madaniy, sport-sog’lomlashtirish ishlari va Talabalar turar joyida yashovchilarga maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish borasidagi umumiy rahbarlik institut rektori zimmasiga yuklatiladi.
9. Talabalar turar joylariga institut ishchi xi  zmatchilari, begonalar,  talaba va magistrantlarning oila a’zolarini joylashtirish qat’iyan ma’n qilinadi.

 

Batafsil: