Abiturient-magistratura imtihon fanlari ro'yhati



Magistratura mutaxasisliklariga kirish sinovlari uchun Hayvonlar anatomiyasi fanidan yozma ish savollari

 

Savollar

1.

Hayvonlar anatomiyasi fanining tarixi va taraqqiyoti (makroskopik, mikroskopik, sistematik, konstitutsional, solishtirma, yosh, zot, ekologik anatomiya).

2.

Sut emizuvchilarda embrion qavatlarning hosil bo‘lishi (zigota, morula, blastula, gastrulyasiya).

3.

Epiteliy to‘qimalarining morfologik tuzilishi va xillari (epiteliy hujayralari, bir qavatli, ko‘p qavatli).

4.

Muskul to‘qimalarining morfologik tuzilishi va xillari (miofibrillalar, silliq, ko‘ndalang-targ‘il).

5.

Biriktiruvchi to‘qimalarning morfologik tuzilishi va xillari (tayanch-mexanik, qon).

6.

Nerv to‘qimasining morfologik tuzilishi (neyron, o‘simtalar, nerv toalalari).

7.

Organ va tizimlarning morfofunksional tavsifi (organga ta’rif, organlarni shakllanishi va rivojlanishi ta’sir etuvchi omillar).

8.

Sut emizuvchi hayvonlar gavdasining qismlarga bo‘linishi.

9.

Suyaklarning organ sifatida tuzilishi va klassifikatsiyasi (suyak hujayralari, periost, xillari).

10.

Suyaklarning ichki tuzilishi va kimyoviy tarkibi (kompakt modda, g‘ovak modda, ilik bo‘shlig‘i).

11.

Suyaklarning rivojlanishi – ontogenezi (almashinuvchi suyaklar, qoplovchi suyaklar, enxondral, perixondral suyaklanish).

12.

Bo‘yin umurtqalarining anatomik tuzilishi va hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.

13.

Ko‘krak umurtqalari, qovurg‘a va to‘sh suyagining anatomik tuzilishi va hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.

14.

Bel, dumg‘aza va dum umurtqalarining anatomik tuzilishi hamda hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.

15.

Bosh skeletining miya bo‘limi suyaklari anatomo-topografiyasi va hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.

16.

Quloq suyagining anatomik tuzilishi va topografiyasi (nog‘orasimon, so‘rg‘ichsimon qismlar, hayvonlardagi tafovutlari).

17.

Bosh skeletining yuz bo‘limi suyaklari anatomo-topografiyasi va hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.

18.

Pastki jag‘ va til osti suyaklarining anatomo-topografiyasi (tana, jag‘ shoxchasi, kesuvchi qism, asosiy qism, katta va kichik shoxcha).

19.

Bosh skeletining rivojlanishi (pardalik, tog‘aylik, suyaklik bosqichlari).

20.

Oldingi va orqa oyoqning kamar suyaklarini anatomo-topografiyasi va hayvonlardagi farqlari (kurak, tos).

21.

Oldingi oyoqning erkin suyaklarini anatomo-topografiyasi va hayvonlardagi farqlari (elka, bilak-tirsak, bilaguzuk, kaft, barmoq).

22.

Orqa oyoqning erkin suyaklarini anatomo-topografiyasi va hayvonlardagi farqlari (son, boldir, tovon, oyoq-kaft, barmoq).

23.

Oyoq suyaklarining rivojlanishi, quruqlikda yashovchi hayvonlar oyoq bosishiga ko‘ra guruhlari.

24.

Suyaklarning o‘zaro birikishiga umumiy tavsif (uzluksiz, uzlukli, choklar).

25.

Bo‘g‘imlarning anatomik tuzilishi va ularning xillari (kapsula, bo‘g‘im bo‘shlig‘i, sinovial suyuqlik).

26.

Tana suyaklarining o‘zaro birikishi (yuqorigi va pastki jag‘larni, umurtqalarni birikishi).

27.

Kurak-elka, tirsak va bilakuzuk bo‘g‘imlarining anatomo-topografiyasi (bo‘g‘imlarni hosil qiluvchi suyaklar, hayvonlardagi tafovutlari).

28.

Kaft-barmoq bo‘g‘imlarining anatomo-topografiyasi (bo‘g‘imlarni hosil qiluvchi suyaklar, hayvonlardagi tafovutlari).

29.

 Tizza qopqog‘i va tovon bo‘g‘imlarining anatomo-topografiyasi (bo‘g‘imlarni hosil qiluvchi suyaklar, hayvonlardagi tafovutlari).

30.

Tos-son, tizza va son-boldir bo‘g‘imlarining anatomo-topografiyasi (bo‘g‘imlarni hosil qiluvchi suyaklar, hayvonlardagi tafovutlari).

31.

Skelet muskularining anatomik tuzilishi, shakli va ishi (perimeziy, endomeziy, statik, dinamik, kuch richagi).

32.

Muskullar ishiga yordamlashuvchi organlarning anatomo-topografiyasi

33.

Oldingi oyoqlar va elka kamarini tanaga birlashtiruvchi muskullarning anatomo-topografiyasi (nomlari, vazifasi).

34.

Ko‘krak devori muskullarining anatomo-topografiyasi (nomlari, vazifasi).

35.

Qorin devori muskullarining anatomo-topografiyasi (nomlari vazifasi).

36.

Umurtqa pog‘onasining orqa tomonidagi muskullar anatomo-topografiyasi (nomlari, vazifasi).

37.

Umurtqa pog‘onasining old tomonidan muskullar anatomo-topografiyasi (nomlari, vazifasi).

38.

Bosh muskullarining anatomo-topografiyasi (nomlari, vazifasi).

39.

Elka-kurak bo‘g‘imiga ta’sir qiluvchi muskullarning anatomo-topografiyasi (nomlari, vazifasi).

40.

Tirsak bo‘g‘imiga ta’sir qiluvchi muskullarning anatomo-topografiyasi (nomlari, vazifasi).

41.

Bilaguzuk bo‘g‘imiga ta’sir qiluvchi muskullarning anatomo-topografiyasi (nomlari, vazifasi).

42.

Oldingi oyoq barmoq bo‘g‘imi muskullarining anatomo-topografiyasi (nomlari, vazifasi).

43.

Tos-son bo‘g‘imiga ta’sir qiluvchi muskullarning anatomo-topografiyasi (nomlari, vazifasi)

44.

Tizza bo‘g‘imiga ta’sir qiluvchi muskullarning anatomo-topografiyasi (nomlari, vazifasi).

45.

Tovon bo‘g‘imiga ta’sir qiluvchi muskullarning anatomo-topografiyasi (nomlari, vazifasi).

46.

Orqa oyoq barmoq bo‘g‘imi muskullarining anatomo-topografiyasi (nomlari, vazifasi).

47.

Teri qoplami va terining anatomik tuzilishi (vazifalari, qavatlari).

48.

Jun, shox va teridagi bezlarning anatomo-topografiyasi (jun tiplari, ter bezlari, yog‘ bezlari, hayvonlardagi tafovutlari)

49.

Sut bezlari va yumshoq tovonning anatomo-topografiyasi (parenximasi, o‘qi, bo‘laklari, so‘rg‘ichlari, barmoq, bilaguzuk, tovon yumshog‘i)

50.

Barmoq uchi organlarining anatomik tuzilishi va hayvonlardagi tafovutlari.

51.

Ichki organlarning umumiy tuzilishi va tizimlari (tana bo‘shliqlari, guruhlari, tizimlari).

52.

Bosh bo‘lim ichaklarining anatomik tuzilishi, topografiyasi (bosh sohasidagi hazm organlari, hayvonlardagi tafovutlari)

53.

Tilning anatomik tuzilishi va hayvonlardagi tafovutlari (qismlari, til so‘rg‘ichlari)

54.

So‘lak bezlarining anatomik tuzilishi, topografiyasi (xillari va hayvonlardagi tafovutlari).

55.

Halqumning anatomik tuzilishi, uning devoridagi muskullarni topografiyasi (topografiyasi, vazifasi).

56.

Qizilo‘ngach va bir kamerali oshqozonning anatomo-topografiyasi (anatomik qismlari, hayvonlardagi tafovutlari).

57.

Ko‘p kamerali oshqozonning anatomik tuzilishi va topografiyasi (katta qorin, to‘rqorin, qatqorin, shirdon).

58.

Ingichka ichaklarning anatomik tuzilishi, topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari (o‘n ikki barmoq, achchiq, yonbosh ichaklar).

59.

Jigar va oshqozon osti bezining anatomik tuzilishi (topografiyasi, hayvonlardagi tafovutlari).

60.

Yo‘g‘on ichaklarning anatomik tuzilishi, topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari (ko‘richak, chambar ichak, to‘g‘ri ichak).

61.

Burun va burun bo‘shlig‘ining anatomik tuzilishi, hayvonlardagi tafovutlari.

62.

Hiqildoqning anatomik tuzilishi, uni harakatlantiruvchi muskullarning topografiyasi, (hiqildoq tog‘aylari, hayvonlardagi tafovutlari).

63.

Kekirdak va o‘pkaning anatomik tuzilishi, topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari.

64.

Turli sharoitda yashovchi hayvonlarda nafas olish organlarini tuzilishi (nafas olish tiplari).

65.

Buyrak tiplari, anatomik tuzilishi, topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari. 

66.

Siydik yo‘li, qovuq va siydik chiqarish kanalining anatomik tuzilishi, topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari.

67.

Siydik ayirish organlarining rivojlanishi (oldingi, oraliq, doimiy buyraklar).

68.

Urug‘don xaltasi va urug‘donning anatomik tuzilishi, topografiyasi (qavatlari, hayvonlardagi tafovutlari).

69.

Urug‘don ortig‘i, urug‘don tizimchasi va urug‘ yo‘lining anatomik tuzilishi, topografiyasi hamda hayvonlardagi tafovutlari.

70.

Siydik-jinsiy kanali, jinsiy a’zo va qo‘shimcha jinsiy bezlarning anatomik tuzilishi, topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari.

71.

Tuxumdon, tuxum yo‘li va bachadonning anatomik tuzilishi, topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari.

72.

Bachadon tiplari, qin, siydik-jinsiy  dahlizi, klitorning anatomik tuzilishi, topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari.

73.

Yurak-qon tomirlar tizimiga umumiy tavsif (tarkibiy qismlari, vazifalari, ahamiyati).

74.

Yurakning anatomik tuzilishi, topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari (anatomik qismlari, devori).

75.

Yurakni qo‘zg‘atuvchi tizimi, nervlari va qon tomirlarining anatomo-topografiyasi (sinus tuguni, atrioventrikulyar tugun, yulduzsimon tugun, toj arteriyalar).

76.

Yurakning tarixiy va individual rivojlanishi (umurtqalilarda, sut emizuvchilarda).

77.

Qon tomirlarining morfologik tuzilishi (qavatlari, areteriya, vena, kapillyarlar).

78.

Qon tomirlarining tarmoqlanish qonuniyatlari (magistrallar, arteriyalarning tarmoqlanish tiplari).

79.

Bosh arteriyalarining anatomo-topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari.

80.

Oldingi oyoq arteriyalarining anatomo-topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari.

81.

Ko‘krak va qorin arteriyalarining anatomo-topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari.

82.

Chanoq va orqa oyoq arteriyalarining anatomo-topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari.

83.

Homilada qon aylanishi va kichik qon aylanish doirasining anatomo-topografiyasi (allantoxorial so‘rg‘ichlar, sariq tomir, kindik venasi).

84.

Oldingi kovak vena va oldingi oyoq venalarining anatomo-topografiyasi, hayvonlardagi tafovutlari.

85.

Orqa kovak vena va jigarning qopqa venasining anatomo-topografiyasi hamda hayvonlardagi tafovutlari.

86.

Limfa tugunlarining tuzilishi va bosh, bo‘yin, oldingi va orqa oyoq limfa tugunlarining topografiyasi, hayvonlardagi tafovutlari.

87.

Ko‘krak devori va ko‘krak bo‘shlig‘idagi limfa tugunlari (anatomik tuzilishi, topografiyasi).

88.

Qorin va tos bo‘shlig‘idagi organlar limfa tugunlarining anatomo-topografiyasi.

89.

Limfa tomirlarining anatomo-topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari (limfa kapillyarlari, tomirlari, yo‘llari).

90.

Qon hosil qiluvchi va immun tizim organlarining anatomik tuzilishi, topografiyasi (taloq, qizil ilik, limfa tuguni).

91.

Ichki sekretsiya bezlarining anatomo-topografiyasi (qalqonsimon, qalqon oldi, to‘sh orti, buyrak usti, gipofiz, epifiz bezlari).

92.

Parrandalar umurtqa pog‘onasi suyaklarining anatomik tuzilishi (bo‘yin, ko‘krak, bel-dumg‘aza, dum umurtqalari).

93.

Parrandalar bosh suyagining anatomik tuzilishi va topografiyasi (miya bo‘limi, yuz bo‘limi).

94.

Parrandalar kamar suyaklarining anatomik tuzilishi va topografiyasi (kurak, korakoid, o‘mrov, tos suyaklari).

95.

Parrandalar oyoqlarining erkin suyaklarini anatomik tuzilishi va topografiyasi (elka, elka oldi, kaft, son, boldir, sevka, barmoq suyaklari).

96.

Parrandalar skelet muskullarini anatomo-topografiyasi (teri, chaynash, ko‘krak devori, qanot, orqa oyoq muskullari).

97.

Parrandalar teri qoplamining anatomo-topografiyasi (teri qavatlari, bezi, parlari, patlari).

98.

Parrandalar ovqat hazm qilish tizimi organlarining anatomo-topografiyasi (bosh bo‘lim, oldingi bo‘lim, ingichka va yo‘g‘on ichaklar).

99.

Parrandalar nafas olish organlarining anatomo-topografiyasi (burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, o‘pka).

100.

Tilning anatomik tuzilishi va hayvonlardagi tafovutlari (qismlari, til so‘rg‘ichlari).

101.

Orqa miyaning anatomik tuzilishi va topografiyasi (kulrang modda, oq modda).

 

102.

Orqa miya pardalarini anatomik tuzilishi (3 ta parda, ular orasidagi bo‘shliqlar).

 

103.

Bosh miyaning anatomik tuzilishi va topografiyasi (kulrang modda, oq modda, anatomik qismlari).

 

104.

Bosh miya pardalarini anatomik tuzilishi (3 ta parda, ular orasidagi bo‘shliqlar).

 

105.

Oxirgi miyaning anatomik tuzilishi (qismlari, topografiyasi).

 

106.

Oraliq miyaning anatomik tuzuilishi (qismlari, topografiyasi).            

 

107.

O‘rta miyaning anatomik tuzilishi (qismlari, topografiyasi).

 

108.

Uzunchoq miyaning anatomik tuzilishi va topografiyasi.

 

109.

Keyingi miyaning anatomik tuzilishi (qismlari, topografiyasi).

 

110.

Orqa miyaning bo‘yin bo‘limi nervlarini anatomo-topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari.

 

111.

Orqa miyaning ko‘krak bo‘limi nervlarini anatomo-topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari.

 

112.

Orqa miyaning bel bo‘limi nervlarini anatomo-topografiyasi va hayvonlardagi tafovutlari.

 

113.

Orqa miyaning dumg‘aza bo‘limi nervlarini anatomo-topografiyasi, hayvonlardagi tafovutlari.

 

114.

Orqa miyaning dum bo‘limi nervlarini anatomo-topografiyasi, hayvonlardagi tafovutlari.

 

115.

Bosh miyaning I, II, III, IV, V juft nervlarini anatomo-topografiyasi.

 

116.

Bosh miyaning VI, IX, XI, XII juft nervlarini anatomo-topografiyasi.

 

117.

Orqa miyaning markaziy o‘tkazuvchi yo‘llari (Gol bog‘lami, Burdax bog‘lami, piramidal bog‘lam,to‘rt tepa bog‘lami, yo‘llar).

 

118.

Nerv tizimining filogenezi (taksis, epiteliy-muskul hujayra, ta’sir qabul qiluvchi nerv hujayrasi, nerv hujayrasi).

 

119.

Orqa miyani rivojlanishi (filogenezi va ontogenezi).

 

120.

Bosh miyani rivojlanishi (filogenezi va ontogenezi).

 

121.

Vegetativ nerv tizimiga umumiy tavsif (innervatsiyalovchi organlari, morfologik xususiyatlari, preganglionar va postganglionar neyronlar).

 

122.

Simpatik nerv stvolining tarmoqlanishi (bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza va dum qismlari).

 

123.

Yulduzsimon tugunning nerv tarmoqlari (tugunning hosil bo‘lishi, tarmoqlanishi).

 

124.

Yarim oysimon tugunning anatomo-topografiyasi (tugunning hosil bo‘lishi, chigallari).

 

125.

Parasimpatik nerv tizimining o‘rta miya qismidan chiquvchi nervlar (innervatsiyalovchi organlari, gangliylari).

 

126.

Parasimpatik nerv tizimining uzunchoq miya qismidan chiquvchi nervlar (yosh ajratuvchi, so‘lak ajratuvchi yo‘llar, so‘lak ajratuvchi keyingi yadro).

 

127.

Adashgan yoki sayyor (X juft) nervning anatomo-topografiyasi (hosil bo‘lishi, innervatsiyalovchi organlari).

 

128.

Sezgi organlariga umumiy tavsif (ekstroretseptorlar, introretseptorlar, tarkibiy qismlari, vazifalari).

 

129.

Ko‘rish organining umumiy morfofunksional tavsifi (hosil bo‘lishi, taraqqiyoti, vazifalari).

 

130.

Ko‘zning himoya va yordamchi organlarining anatomo-topografiyasi (qovoqlar, ko‘z yoshi apparati, ko‘z kosasi, ko‘z muskullari, fassiyalari).

 

131.

Ko‘zning anatomik tuzilishi (pardalari, qismlari, muskullari).

 

132.

Tashqi quloqning anatomik tuzilishi va topografiyasi (tashqi eshitish yo‘li, quloq suprasi, muskullari).

 

133.

O‘rta quloqning anatomik tuzilishi va topografiyasi (eshitish suyakchalari, eshitish naychasi).

 

134.

Ichki quloqning anatomik tuzilishi (suyak labirint, dahliz, suyak chig‘anoq, parda labirint, endolimfa yo‘li).

 

135.

Parrandalar yurak-limfa aylanish tizimi va ichki sekretsiya bezlarining anatomo-topografiyasi (yurak, qopqa venalar, limfa tizimi, qalqonsimon, qalqonsimon bez yoni, ko‘krak ayri bezlari).

 

136.

Parrandalar sezgi organlarining anatomo-topografiyasi (ko‘rish organi, eshitish organi).

 

137.

Bosh miyaning VII va VIII juft nervlarini anatomo-topografiyasi.

 

138.

Periferik nerv tizimining rivojlanishi (retseptor nervlar, effektor nervlari, epinervi, perinervi, endonervi).

 

139.

Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining anatomik tuzilishi (molekulyar, tashqi donador, kichik piramidal, ichki donador, katta piramidal, polimorf hujayralar qavatlar).

 

140.

 Miya yarim sharlarining anatomik tuzilishi (qadoqsimon tana, kulrang modda, oq modda, dumsimon yadro, gumbaz).

 

141.

Bosh miya arteriyalarining topografiyasi (ichki uyqu arteriyasi, arteriya halqasi, ensa arteriyasi).

 

142.

Nerv tizimiga umumiy tavsif (retseptor nerv, effektor nerv, reflektor yoyi).

 

143.

Tashqi uyqu arteriyasini tarmoqlanishi (ensa arteriyasi, jag‘ning tashqi arteriyasi, jag‘ning ichki arteriyasi, ko‘zning tashqi arteriyasi).

 

144.

Aorta yoyining tarmoqlanishi (umumiy bosh-elka tomiri, chap umrov osti arteriyasidan ajraladigan 6 ta arteriyalar).

 

145.

Qon aylanish organlarining filogenezi va ontogenezi (umurtqasizlarda, umurtqalilarda, embrional taraqqiyoti).

 

146.

Anastomozlarni hosil bo‘lish xillari (arteriya yoyi, arteriya to‘ri, ajoyib to‘rlar, qon tomirlar chigali).

&

Useful web-sites

Our joint partners, who have great contribution to the development of veterinary field