EVENT-ADS

image description

YUNESKO granti uchun tanlov!!!

Yunesko tashkilotining Yaponiya hukumati bilan hamkolikda ta`sis etilgan ushbu davlatning sobiq bosh vaziri Keyzo Obuchi xotirasiga bag`ishlangan Yunesko/Keyzo Obuchi nomli grantlari uchun 2019 yil tanlov e`lon qilingan.

Ushbu tanlovda Magistr yoki undan yuqori ilmiy unvonga ega bo`lgan, 40 yoshdan oshmagan, ilmiy muassasada tadqiqot olib borayotgan, ingliz tilini mukammal biladigan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu tanlov natijasiga muvofiq dunyoning turli mamlakatlaridan 10 nafar yosh va iqtidorli mutaxassislar quyidagi mavzular bo`yicha ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo`ladilar:

  • Atrof-muhit (tabiiy talofatlar ta`sirini kamaytirishga bag`ishlangan tadqiqotlar);
  • Madaniyatlararo muloqot;
  • Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari;
  • Mojorolarni tinchlik yo`li bilan hal etish.

Ilmiy tadqiqot olib borish muddati: 2020 yil iyun – 2022 yil fevral oyi oralig`ida kami bilan – 3 oy, eng ko`p muddat – 9 oy davom etadi.

Qo`shimcha murojaatlar uchun:

Institut xalqaro hamkorlik bo`limi

Tel: 66 234 01 42    /    99 389 55 37

e-mail: pardayev@yahoo.com

Useful web-sites

Our joint partners, who have great contribution to the development of veterinary field